So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  5 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

“Bunyodkor” nazorat uchrashuvida Moskvaning “Lokomotiv”iga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

“Bunyodkor” nazorat uchrashuvida Moskvaning “Lokomotiv”iga imkoniyatni boy berdi

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig'ini doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvini Moskvaning “Lokomotiv” klubiga qarshi o'tkazdi.


Kuniga ikki mahaldan shug'ullanayotgan “qaldirg'ochlar” so'nggi uch kunda ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazgan edi. Og'ir yuklamalar qabul qilib olgan futbolchilarimiz “Lokomotiv”ga qarshi charchoq alomatlari bilan o'ynadi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida to'p nazorati ko'proq vakillarimizda tomonida bo'ldi. Biroq “Lokomotiv” futbolchilari qarshi hujumlarda faol va aniq o'ynadilar. Uchrashuvning 10-daqiqasida Aleksey Miranchuk qarshi hujumda darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. U “duel”da to'pni To'raev ustidan oshirib, hisobni ochdi. 32 va 36-daqiqalarda Petar SHkuletich ikkita golga mualliflik qilib, jamoalarni tanaffusga yirik hisobda chiqib ketishini taminladi.

Tanaffusda “Bunyodkor” murabbiylari tarkibda sakkizta o'zgarish amalga oshirishdi. Ikkinchi taymda “Lokomotiv” darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyatlar yaratildi.

SHu tariqa, “Bunyodkor” BAA yig'ini doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvida Moskvaning “Lokomotiv” klubiga imkoniyatni boy berdi. Qayd etish kerakki, ushbu uchrashuv “qaldirg'ochlar” uchun tarkibni shakllantirishda foydali bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, bungacha “qaldirg'ochlar” Rossiya premer-ligasi vakillari – “Anji”ni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan va "Amkar" bilan 1:1 hisobidagi durang natija qayd etishgan edi.

Nazorat uchrashuvi

“BUNYODKOR” – “LOKOMOTIV” (Rossiya) 0:3 (0:3)

Gollar: Aleksey Miranchuk 10 (0:1), Petar SHkuletich 32 (0:2), Petar SHkuletich 36 (0:3)

“Bunyodkor” 1-taym: 45. Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov (S), 5.Dilshod Jo'raev, 22.Rustamjon Ashurmatov, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 19.Zabihillo O'rinboev, 11.SHahzodbek Nurmatov, 9.Minori Sato, 28.Sanjar Qodirqulov

“Bunyodkor” 2-taym: 25.Murodjon Zuhurov (S), 15.Dilshodbek Ahmadaliev, 22.Rustamjon Ashurmatov, 88.Javlon Mirabdullaev, 48.Akramjon Komilov, 7.Aleksandr Alempievich, 9.Minori Sato, 29.Otabek SHukurov, 14.Bahodir Nasimov, 17.Dostonbek Hamdamov, 39Eldor SHomurodov

“Lokomotiv”: 81.Ilya Abaev (77.Anton Kochenkov 46), 5.Nemanya Peychinovich (29.Vitaliy Denisov 76), 15.Arseniy Logashov (23.Dmitriy Tarasov 76), 28.Yan Dyurica (17.Taras Mixalik 46), 29.Vitaliy Denisov (55.Renat Yanbaev 37; 52.Sergey Makarov 57), 3.Alan Kasaev, 23.Dmitriy Tarasov (19.Aleksandr Samedov 46), 59.Aleksey Miranchuk, 88.Delvin Ndinga, 7.Markes Maykon (36.Dmitriy Baranov 46), 32.Peter SHkuletich (7.Markes Maykon 70)

23 yanvar. Abu-Dabi. Nyu-York universiteti stadioni.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика