So’nggi yangiliklar

00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  32 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1

"Bunyodkor" - "Nasaf". Murosasiz o'yinda nursiz durang... Yangiliklar

"Bunyodkor" - "Nasaf". Murosasiz o'yinda nursiz durang...

O'zbekiston CHempionati 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" hamda "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasi bilan shu erda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.
“Bunyodkor” – “Nasaf” 0:0

Toshkent. 7.06.2015. "Bunyodkor" stadioni. 3869 tomoshabin.

Hakamlar: Valentin Kovalenko, Mamur Saidqosimov, Husniddin SHodmonov, Olim To'ychiboev.

Nazoratchi: I.Mustafin.

Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent) – 8,9, M. Saidqosimov (Toshkent) – 8,8, X. SHodmonov (Buxoro) – 8,8, O. To'ychiboev (Toshkent) - 9

Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

PFL vakili: S. Rizaev.

"Bunyodkor":  25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Sato Minori, 11.Mirzohid G'ofurov (28.Ergash Ismoilov 52), 13.Ivan Miloshevich, 16.Artyom Filiposyan, 21.Sardor Rashidov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (15. Obid Jo'raboev 88) , 40.Temur Ayupov (20. Samir Bekrich 59).

"Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom SHomurodov, 18. Bahrom Abdurahimov (7. Akram Bahriddinov 85), 17.Artur Gevorkyan, 20.Erkin Baydullaev, 22.SHohruh Gadoev, 23.SHerzod Azamov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Hamza Karimov, 34.Farruh Sayfiev.

Ogohlantirishlar: Javlon Ibrohimov (38), A. SHorahmedov (54), I. Miloshevich (72) – E. Baydullaev (43), M. Karimov (47), F. Sayfiev (54).

Eng yaxshi futbolchilar: M. Zuhurov – A. Gevorkyan.

                                
                            MATNLI TRANSLYACIYA

94. Zarbaaaaa!! Gevorkyannnn! Darvoza to'siniiii! Vaaa... O'yin yakunlandi!

93. Miloshevichdan yana bir qo'polli. Jarima zarbasini ko'ramiz "Nasaf" ijrosida. So'nggi zarba bo'lishi mumkin...

91. Gadoevda bosh bilan gol kiritish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo, biroz noaniq...

90. Hakam ikkinchi bo'lim uchun 3 daqiqa qo'shib berdi.

90. Yana bir zarba! Zuhurov o'z o'rnida!

88. O'zgarish. Sobirxo'jaev o'rniga Jo'rabov tushirildi.

87. ZARBAAAAA!!!! SAYFIEEEEVVVVV! Deyarli birga bir vaziyatda u darvoza ustunini poyladi.

85. Bahrom Abdurahimov o'rniga Bahriddinov tushirildi.

83. G'ofurov Gevorkyanga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Lekin, to'p mehmonlarda qolgani uchun hakam o'yinni to'xtatmadi.

81. Bekrich raqib jarima maydonchasi ichida simulyaciya ishlatdi...deb baholadi hakam.

79. Rashidov oldinga intilgandi. Himoyachilar esa unga imkon berishmadi. Muxlislar Sardordan gol so'rashmoqda!!

76. SHorahmedovning zarbasi, darvozabondan sayvvv!!!

72. Miloshevichga sariq kartochka.

70. Sayfiev SHorahmedovdan "podkad" tashlagan holda to'pni olib qo'ydi.

67. "Nasaf" jarima maydonchasi ichida havfli vaziyat. Biroq, mehmonlar bir amallab hujumni bartaraf etishdi.

65. Anvar G'ofurovdan kuchsiz va noaniq zarba...

60. Ikkinchi bo'limda ancha tomoshabop o'yin guvohi bo'lyapmiz.Stadiondagi muxlislar ham faollar! Ayniqsa, "Nasaf"chilar!

59. Mezbonlarda yana o'zgarish. Ayupov o'rniga Bekrich maydonga tushdi.

57. Xavfli vaziyayayayattttLAAAR! Avvaliga "Bunyodkor" himoyachilari, so'ngra darvozabon o'zini ko'rsatdi.

55. SHorahmedov va Sayfiev ogohlantirildi.

54. Maydonda ikki jamoa futbolchilari o'rtasida janjal yuzaga keldi. 

52. O'zgarish. Mizohid G'ofurov o'rniga Ergash Ismoilov maydonga tushdi.

51. Ajoyib zarba! Bu safar Gevorkyan! Yana Zuhurov o'z o'rnida!

50. Temur Ayupov darvozadan 22-25 metrlar uzoqlikda raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Jarima to'pi!

49. Zarbaaaaa!!! Gadoeeeeevvvv.... Zuhurovdan seyvvv!!!

47. Maqsud Karimov raqibga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Stadionda "Omadli chipta"lar egasi aniqlanyapti.


Birinchi bo'lim yakunlandi.


45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


44. Jarima zarbasi jonli devorda turgan Boydullaevga tegdi va u jarohat olgan ko'rinadi.


43. Erkin Boydullaevga sariq kartochka ko'rsatildi.


37. Gevorkyanning zarbasi biroz noaniq.


37. SHoxrux BARAKALLLAAAA!!! U ketma ket 3 nafar futbolchini aldab o'tishga muvaffaq bo'ldi, ammo so'nggi himoyachi uni yiqitdi. 


35. "Nasaf" futbolchilarining ajoyib kombinacion hujumiga so'nggi zarba etishmadi.


33. "Nasaf" futbolchisi himoyadan chiqayotganda raqib jamoa futbolchilari uni yiqitishdi.


31. "Nasaf" o'z hujumini qoida buzarlik bilan yo'qqa chiqardi.

29. "Qaldirg'ochlarning burchak zarbasidan naf chiqmadi.


25. Hozircha "Bunyodkor"ning hujumlari qovushmayapti.


21. Stadion tribunasining qaerida muxlis bo'lsa o'sha erdan "Nasaf" degan ovoz kelyapti.


Rashidovdan aniq zarba va Eldor Suyunovdan seyv. Burchak zarbasi.

18. Jarima zarbasi va to'p qarshisida Sardor Rashidov.



17. Sardor Rashidov to'pni raqib jamoa jarima maydonchasiga tashlab berdi, ammo bu to'pga zarba berish uchun hech kim topilmadi.


16. Mirzohid G'ofurovdan zarba, ammo kuchsiz va noaniq.


14. Ilhom SHomurodov maydon markazida qoida buzdi. Kartochka yo'q.


13. Ushbu standartdan yana bir standart vaziyat ishlab olindi. Burchakdan o'yinga kiritilgan to'p, besamar ketdi, ammo hozir ham to'p qarshiliklarda.


12. "Bunyodkor" futbolchisi raqibini yiqitdi. Standart vaziyat.


11. Hozircha asosiy kurash maydon markazida kechmoqda. 


8. Kurash maydonda emas, xuddi jamoa muxlislari orasida bo'layotgandek tuyilyapti. "Qaldirg'ochlar" muxlislari baland ovozda baqirishsa, narigi tomonda undanda baland ovozda qarshiliklar "Nasaf"ni qo'llayapti.


6. "Nasaf"da kutilmagan o'zgarish bo'ldi, Roy Rok o'rniga asosiy tarkibda Bahrom Abdurashidov maydonda harakat qilyapti.


5. Bugun "Bunyodkor" stadionida qarshiliklar ko'pligi bilinib turibdi.

Uchrashuvga start berildi.

Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Turning markaziy o'yinidan matnli translyaciyani boshlaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика