“Bunyodkor” Mochinov va Kurlaev bilan xayrlashdi
07 fev 2014 14:31
Yangiliklar

“Bunyodkor” Mochinov va Kurlaev bilan xayrlashdi
“Bunyodkor” yoshlar jamoasi murabbiylari Aleksandr Mochinov va Anatoliy Kurlaev boshqa jamoaga o'tishdi.
Qayd
etish kerakki, aynan Aleksandr Mochinov va Anatoliy Kurlaev boshqaruvida
“Bunyodkor” yoshlar jamoasi sezilarli o'sishga erishdi. Aynan ushbu
mutaxassislar bilan o'rinbosarlarimiz 2013 yil yakunlariga ko'ra O'zbekiston
yoshlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritishdi. SHuningdek, mavsumoldi
yig'inlar mobaynida yosh “qaldirg'ochlar” nazorat uchrashuvlarida o'z
raqiblarini ketma-ket yirik hisoblarda mag'lubiyatga uchratib kelayotgan
edi.
Yaqinda Aleksandr Mochinov va Anatoliy Kurlaev “Bunyodkor” FK raxbariyatiga murojaat etib, o'z kuchlarini kattaroq futbolchilar bilan sinab ko'rmoqchi ekanliklarini bildirishdi. Murabbiylar tandemiga poytaxtning “Oq-tepa” jamoasidan taklif tushdi. Endi ular “Oq-tepa” klubini oliy ligaga olib chiqish uchun bor kuchlarini ishga solishadi.
“Bunyodkor” FK raxbariyati Aleksandr Mochinov va Anatoliy Kurlaevning jamoamizda olib borgan xizmatlariga minnatdorchilik bildiradi va ularning kelgusi faoliyatiga omadlar tilaydi.

Fikrlar