So’nggi yangiliklar

10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  1 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  2 09:47Мўжиза рўй бермади – аммо, ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  7 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  16 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  14 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6

"Bunyodkor" Minskda yana uchta o'yin o'tkazadi Yangiliklar

"Bunyodkor" Minskda yana uchta o'yin o'tkazadi

Bunyodkorning Minskdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari davom etmoqda.

Murabbiylar shtabi yig'inning oltinchi kunida futbolchilarni ertalab «trenajer zali»da shug'ullantirgan bo'lsa, tushdan so'ng tiklanish uchun sauna va basseynga taklif qilishdi. Bir kun avval o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgani hisobiga yig'inning oltinchi kuni biroz engil o'tdi.

Bugun jamoa odatdagidek ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi. Har ikkala mashg'ulot ham maydonda olib borildi. Ertalabki mashg'ulotlarda ham, tushdan keyingi mashg'ulotning malum qismida ham yigitlarga jismoniy yuklamalar berildi. Asosiy qismida esa, odatdagidek to'p bilan ishlandi. Xursand qiladigan xabar shuki, Islomjon Qobilov bugundan etiboran umumiy guruhda shug'ullanishni boshladi, «Smolevichi»ga qarshi bahsda jarohat olgan Suhrob Izzatov esa, yakka tartibda engil tarzda yugurishga kirishdi.

Jamoa 22 iyul kuni tushdan keyin Toshkentga qaytadi. Rejaga ko'ra, yig'inning so'nggi uch kunida uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. 19 iyul kuni BATE jamoasi o'rinbosarlariga qarshi o'ynasak, ertasi kuni Belorus chempionati oliy ligasi vakili «Dnepr» bilan kuch sinashadi. Yig'in doirasidagi so'nggi o'yin Rossiyaning «Smolensk» klubi bilan bo'ladi. SHu uch o'yindan so'ng murabbiylar shtabi ko'rikda bo'lib turgan hujumchi, vinger Muhammad Diallo borasidagi oxirgi qarorga kelishadi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика