So’nggi yangiliklar

23:39Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  0 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  6 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  12 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  10 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0

"Bunyodkor": Minskdagi to'qqizinchi kun Yangiliklar

"Bunyodkor": Minskdagi to'qqizinchi kun

Teglar :  Minsk Bunyodkor
Bugun "Bunyodkor" Minskdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini to'qqizinchi kunini o'tkazmoqda.

Xabar berganimizdek, yig'inning so'nggi uch kunida uchta nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Bugun tushga qadar rejalashtirilgan uch o'yining birinchisi bo'lib o'tdi. Belorus futbolining eng etakchi klubi – BATE o'rinbosarlariga qarshi bahs «Bunyodkor»ning ustunligida o'tdi. Ayniqsa, bellashuvning birinchi bo'limida futbolchilarimiz mezbonlardan har tomonlama ustunlik qilishdi. Biroq tanaffusga qadar maydon egalari darvozasi faqatgina bir marta ishg'ol qilindi.

Ikkinchi bo'lim avvalida bosh murabbiy Vadim Abramov maydonga bir yo'la 10 nafar yangi o'yinchini tushirdi. Mezbonlar ustozi birgina o'zgarish bilan kifoyalandi. Bu o'zgarishlar jamoamizning o'yiniga salbiy tasir qildi. Raqibning ketma-ket uyushtirgan hujumlari 61-daqiqaga kelib o'z samarasini berdi. Himoyamizdagi pala-partishlikdan so'ng Dmitriy Bessmertniy hisobni tenglashtirdi. Ammo BATE yoshlarining xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. O'tkazib yuborilgan goldan ruhan «sinmagan» futbolchilarimiz ikki daqiqani ichida vaziyatni o'z tomonlariga og'dirishdi. Maydon egalari darvozasiga penalti belgilandi, nuqtaga yaqinlashgan Mirjahon Mirahmadov yana «Bunyodkor»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Goldan ruhlangan futbolchilarimiz uchrashuvning qolgan daqiqalarida o'yin nazoratini o'z qo'liga oldi va o'yin yakuniga Vyacheslav Dergachev darvozasi yana ikki marta ishg'ol qilindi va 1:4 hisobida g'alaba qozondik.

Bugungi uchrashuvda «Bunyodkor» safida rossiyalik futbolchi maydonga tushdi. Dmitriy Ostrovskiy Minsk yig'inida ko'rikda bo'ladi. Qolaversa, BATE o'rinbosarlari darvozasiga birinchi golni urgan Muhammad Dialloning taqdiriga ham Minsk yig'inidan so'ng oydinlik kiritiladi.

Eslatamiz o'tamiz, ertaga jamoamiz Toshkent vaqti bilan 17:00da Belorus chempionati oliy ligasi vakili «Dnyapro-MCHZ»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.



NAZORAT UCHRASHUVI
BATE (o'rinbosarlar) – «BUNYODKOR» - 1:4 (0:1)
18 iyul. Minsk. «Minsk» FK maydoni.
BATE:
Vyacheslav Dergachev (Roman Tixomirov, 68), Dmitriy Bessmertniy (Danilo Laptin, 76), Nikita Supranovich (Vadim Martinkevich, 81), Maksim Myakish (Egor Osipov, 81), Pavel Pashevich, Vladislav Rusenchik (Roman Lisovskiy, 69), Aleksandr Nemirko (Maksim Gaevoy, 71), Evgeniy Guleckiy (Aleksey SHalashnikov, 62), Andrey Potapenko (Ivan Kaloshkin, 71), Dmitriy Matyash, Anton Abramovich (Vadim Pigas, 46).
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Sanjar Qodirqulov, Anvar G'ofurov, Abdulla Abdullaev, Ulug'bek Abdullaev, Lutfulla To'raev, Sanjar Rixsiboev, Nurillo To'xtasinov, Dilshod Ahmadaliev, Xurshid G'iyosov, Muhammad Diallo.
Zaxiradan tushganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Eldor Adhamov, Boburbek Farhodov, Islomjon Qobilov, Ulug'bek Abdullaev, Dmitriy Ostrovskiy, Muhammadodil Qahramonov, Javohir Qahramonov, Jasurbek Jaloliddinov, Vladislav Nuriev, Valeriy Akopov, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov.
Gollar: Muhammad Diallo, 11 - 0:1. Dmitriy Bessmertniy, 61 - 1:1. Mirjahon Mirahmadov, 63-penaltidan - 1:2. Boburbek Farhodov, 75 - 1:3. Mirjahon Mirahmadov, 81 - 1:4.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика