So’nggi yangiliklar

22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  0 21:45Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  2 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  1 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  0 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  12 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  3 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0 18:38Расмий хабар: Шоҳрух Гадоев иккинчи даврани "Қўқон-1912"да ўтказади  0 18:09Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  5 17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  4

"Bunyodkor" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Tarkibga "Oq-tepa" darvozaboni qo'shildi Yangiliklar

"Bunyodkor" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Tarkibga "Oq-tepa" darvozaboni qo'shildi

"Bunyodkor" jamoasi o'z qarorgohida ikkinchi kunga mashg'ulotlarni o'tkazdi.

Klub akademiyasining yopiq zalida o'tkazilayotgan mashg'ulotlarning ikkinchi kunida jamoa azolari jismoniy tayyorgarlikka urg'u berishdi. Bugungi mashg'ulotlarda 30 nafarga yaqin o'yinchi ishtirok etdi. O'rinbosarlar tarkibidan tashqari, bir nechta yosh futbolchilar ham ko'rikka jalb etilgan. Futbolchilar bugun jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Irina Dergach qo'l ostida shug'ullanishdi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlaridan so'ng o'yinchilar ikki tarkibga ajratildi. Birinchi tarkib trenajyor zali da shug'ullangan vaqtda ikkinchi tarkib ikkiga bo'lingan holda mini-futbol o'ynadi. Trenajyor zaldagi mashg'ulotlar yakunlangach tarkiblar o'zaro joy almashishdi. SHu tariqa quvnoq kayfiyatda o'tgan ikkinchi kun mashg'ulotlari yakunlandi.

Mashg'ulotlarda qatnashgan futbolchilar - Sarvar Karimov, Ravshan Yagudin, Akobir Qayumov, Lutfulla To'raev, SHahboz Erkinov, Xurshid G'iyosov, Nurillo To'xtasinov, Abdulla Abdullaev, Mirjahon Mirahmadov, Farrux Ikromov, Rasul Yo'ldoshev, Ibrohim Ibragimov, Suhrob Izzatov, Sunnatilla Abdullajonov, Abdulaziz Abdusalomov, Valeriy Akopov, Muhammadodil Qahramonov, Boburbek Farhodov, Xurshid Ubaydullaev, Muzaffar Olimjonov, Sanjar Qodirqulov, Javohir Omonov, Saidmahmudxon G'ulomov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика