"Bunyodkor" - "Mashal". O'yin hakami haqida fakt
31 mar 2016 15:29
Yangiliklar


"Bunyodkor" - "Mashal". O'yin hakami haqida fakt
Bugun bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” – “Mashal” uchrashuvini toshkentlik hakam Viktor Serazetdinov boshqarib boradi.
Aytish kerakki, Serazetdinov 2015 yilgi mavsumda oliy ligada jami 14ta uchrashuvda ishlagan. O'tgan yil bu hakam “Bunyodkor”ning biror bir uchrashuvini boshqarmagan. “Mashal” ishtirokidagi ikkita o'yinda ishlagan. Har ikkala bahs ham safarda bo'lib o'tgan.
“Gazchilar” o'sha bellashuvlarning birida poytaxtda “Paxtakor”ga 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, ikkinchisida mehmonda “Olmaliq”ni mag'lubiyatga uchratgan – 1:3.
“Bunyodkor” ishtirokidagi uchrashuvlar -
Yo'q
“Mashal” ishtirokidagi uchrashuvlar -
PAXTAKOR – MASH'AL – 3:1
OLMALIQ – MASH'AL – 1:3
“BUNYODKOR” – “MASH'AL”
Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Bobur Qodirov (Buxoro), Abdurahmon Qo'ldoshev (Buxoro), Jasur Akmalov (Toshkent).
Furqatbek Nishonov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar