"Bunyodkor" lageridan gapiramiz. Tarkibga yangi futbolchi keldi. Anvar G'ofurov "Surxon"ga ketdi
07 jan 15:05
Yangiliklar
"Bunyodkor" lageridan gapiramiz. Tarkibga yangi futbolchi keldi. Anvar G'ofurov "Surxon"ga ketdi
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi kechadan o'z qarorgohida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Ayni paytda Ilyos Zeytullaev boshchiligida to'liq bo'lmagan tarkib bilan mashg'ulotlar boshlangan. Yangi futbolchilardan Abdumavlon Abdujalilov, Odil Hamrobekov va "Andijon"dan Sardor Abdunabiev ishtirok etmoqda.
Klubning yoshlar jamoalarida murabbiylar o'zgarmoqda. Xususan, o'tgan mavsumda asosiy tarkib va U-19 jamoasini boshqargan Anvar G'ofurov endi "Surxon" o'rinbosarlariga ustozlik qiladigan bo'ldi. Bundan tashqari "Bunyodkor" U-21 jamoasini Anvar Rahimov tayyorlaydi. O'rinbosarlar murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaevning klubda qolish yoki qolmasligi esa aniq emas. SHuningdek bosh murabbiy Ilyos Zeytullaevga Italiyadan ikki nafar yordamchi murabbiy kelishi kutilmoqda.
Fikrlar