“Bunyodkor” kuchayishda davom etadi. Humoyun Murtozaev, Abduraimov va Pardaev "qaldirg'ochlar" safida
04 jan 2020 15:23
Yangiliklar
“Bunyodkor” kuchayishda davom etadi. Humoyun Murtozaev, Abduraimov va Pardaev "qaldirg'ochlar" safida
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan “Bunyodkor” jamoasi o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida bir nechta yangi futbolchilar bilan kelishuvga erishmoqda.
Xususan, bosh murabbiy Vadim Abramov hujum chizig'idagi muammoni bartaraf etish maqsadida o'tgan mavsum “Metallurg” sharafini himoya qilgan Bahodir Pardaevni taklif etgan. Muxlislarga yaxshi malumki, 33 yoshli futbolchi ilgari “qaldirg'ochlar” safida o'ynagandi.
SHuningdek xuquqiy jihatdan “Mashal” jamoasiga tegishli bo'lgan, markaziy yarim himoyachi Sardor Abduraimov bilan hujumchi Humoyun Murtozaev ham “Bunyodkor” bilan shartnoma imzoladi.
Ushbu futbolchilar o'tgan mavsumni Qarshining “Nasaf” jamoasida o'tkazishgandi. Joriy yil endi ushbu tandem “Bunyodkor”da ham ijara asosida faoliyat yuritadigan bo'ldi.
Fikrlar