So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  4 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  5 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  15 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  18 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Bunyodkor Kubogi. Ilk chempion va sovrindorlar aniqlandi Yangiliklar

Bunyodkor Kubogi. Ilk chempion va sovrindorlar aniqlandi

Bunyodkor futbol klubi tomonidan ilk bor tashkil qilingan Bunyodkor Kubogi xalqaro musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.

O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi bayramiga bag'ishlab o'tkazilgan «Bunyodkor Kubogi»ning so'nggi kunida ham bir-biridan qiziqarli o'yinlar guvohiga aylandik. Xususan, o'yin taqdirini bitta gol hal qilgan yoki g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlangan final, 5-7-11-o'rinlar uchun kechgan bahslar musobaqaning bezagiga aylandi. Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi va «Lokomotiv» jamoalari o'rtasidagi final nomiga mos darajada o'tdi. Bir-biriga mos raqiblar ochiq, hujumkor o'yin ko'rsatishdi. O'yin taqdirini esa, yagona gol hal qildi. Ikkinchi bo'lim avvalida Iskandar Soliev tomonidan urilgan gol Azamat Abduraimov shogirdlarini tarixga kiritdi va o'smirlarimiz «Bunyodkor Kubogi»ning birinchi sohibiga aylandi.

Final bahsi yakunlangach g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda o'zbek futboli faxriylari – Birodar Abduraimov, Guram Daraseliya, shuningdek, «Bunyodkor» futbol klubi murabbiylari hamda futbolchilari ishtirok etdi. Barcha sovrindorlarga tegishli kubok, medal va sovg'alar topshirildi.

«BUNYODKOR KUBOGI-2019»
8 dekabr (yakshanba)
FINAL

O'ZBEKISTON U-14 - «LOKOMOTIV» - 1:0 (0:0)
O'zbekiston o'.t.j.: Umar Rustamov, Boburjon Abdusalomov, Aziz Toshpo'latxonov, Abdulloh Omonaliev, Behruz Mahmudov, Murodjon Komilov, Muhammadali O'rinboev, SHahzod Imomov, Danila Ni, Ziyod Hamzaev, Iskandar Soliev.
Zaxiradagilar: Dilrux Aliev, Niyorbek Rajabaliev, Dilmurod Dadajonov, Diyor Rashidov, Alisher Mo'minov, Rovshan Xayrullaev, Husan Umrzoqov, Aziz Iskanov, Isroil Tursunboev.
«Lokomotiv»: F.Qurbonov, S.Saydalimov, F.Ibrohimov, B.Yunusov, A.Habibullaev, M.Hasanov, S.Parpiev, A.Turopov, A.Yodgorov, D.Ahmadov, I.Qurbonov.
Zaxiradagilar: M.Abrorov, A.Akmalxonov, A.Botirov, D.Erkinov, B.Fazliddinov.
Gol: Iskandar Soliev, 32 – 1:0.

3-o'rin uchun
«Bunyodkor-1» - Andijon FA-1 – 1:2 (1:1)
Gollar:
Ilnur Safin, 18 – 1:0. Bek Abduhamidov, 29 – 1:1. Asil Tojiddinov, 38-penaltidan – 1:2.

5-o'rin uchun
«Bunyodkor-3» - «Paxtakor» - 0:0 (pen. bo'y.: 5:4)


7-o'rin uchun
«Aristan-1» (Qozog'iston) - «Spartak» (Toshkent) – 0:1 (0:0)
Gol:
Bekzod To'raev, 60+1 – 0:1.

9-o'rin uchun
Jizzax FA - «Mersa» (Qozog'iston) – 2:0 (0:0)
Gollar:
Sardor Qudratov, 48 – 1:0. Sardor Qudratov, 60 – 2:0.

11-o'rin uchun
«Bunyodkor-2» - «Aristan-2» (Qozog'iston) – 1:1 (pen. bo'y.: 4:5)
Gollar:
Abdulloh Mo'minjonov, 12 – 1:0. Nikita Strijkov, 38 – 1:1.

13-o'rin uchun
Andijon FA-2 - «Odil Junior» - 0:4 (0:2)
Gollar:
Zoir Ahmadjonov, 8 – 0:1. Zoir Ahmadjonov, 28 – 0:2. Nurmuhammad Oqilov, 39 – 0:3. Nurmuhammad Oqilov, 45 – 0:4.

15-o'rin uchun
«Nasaf» - SDYUSHOR (Qozog'iston) – 1:0
Gol:
Muhammadjon Daliev, 25 – 1:0.

Eng, eng, eng…
Eng yaxshi to'purar – Sardor Qudratov (9ta gol, Jizzax FA)
Eng yaxshi darvozabon – Maksim Murkaev («Paxtakor»)
Eng yaxshi himoyachi – Fayzullo Nurmuhammadov (Andijon FA-1)
Eng yaxshi yarim himoyachi – Ilnur Safin («Bunyodkor-1»)
Eng yaxshi hujumchi – Muhammadyusuf Xusanov («Lokomotiv»)
Eng yosh futbolchi – Daniel Keldenuli («Aristan-2», Qozog'iston)
Eng chiroyli gol – Jasulan Maxambetov («Aristan-1», Qozog'iston)
Fair Play sovrini – «Aristan-2» (Qozog'iston)

Eng foydali futbolchilar

1. Abdulloh Omonaliev (O'zbekiston U-14)
2. Dmitriy Astaxov («Mersa», Qozog'iston)



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика