“Bunyodkor” kubogi-2014” rasmiy ravishda ochildi
26 mar 2014 15:49
Yangiliklar

“Bunyodkor” kubogi-2014” rasmiy ravishda ochildi
Bugun “Bunyodkor” majmuasi bosh maydonida “Bunyodkor” kubogi-2014” Respublika turnirining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tashkilotchilar ushbu turnir yosh futbolchilarda katta taassurotlar qoldirishi uchun o'ziga xos dastur tayyorladilar. Dastlab davra markaziga O'zPFL direktori Farhod Magometov, O'FF futbolni rivojlantirish jamg'armasi direktori Furqat SHaripov, “Bunyodkor” FK Birinchi vice-prezidenti – Bosh direktor Baxtiyor Boboev, “Bunyodkor” stadioni direktori Vaxid Zakirov, “Bunyodkor” jamoasi asosiy tarkib azolari va boshqa faxriy mehmonlar taklif etildilar. So'ngra barcha ishtirokchi jamoalar saf tortishdi. Klub raxbari, musobaqa tashkiliy qo'mitasi raisi Baxtiyor Boboev barchani “Sog'lom bola” yili, “Navro'z” ayyomi bilan samimiy qutladi va “Bunyodkor” kubogi-2014” turnirini ochiq deb elon qildi. Davlatimiz madhiyasi yangradi va barcha ishtirokchilar qo'llarini ko'ksilariga qo'ygan holda nigohlarini stadion uzra xilpirayotgan mamlakatimiz bayrog'iga qaratishdi.
So'z navbati “Bunyodkor” jamoasi sardori Xayrulla Karimovga berildi. U musobaqa ishtirokchilariga samimiy tilaklarini bildirdi. So'ngra “Bunyodkor” jamoasi azolari yosh futbolchilarga sovg'alar topshirishdi va esdalik uchun ular bilan birga suratga tushishdi
(fotojamlanma)
Videolavha alohida taqdim etiladi.

Fikrlar