So’nggi yangiliklar

19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  0 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1 (матнли трансляция)  77 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  23 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  40 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1

“Bunyodkor” klubi rahbariyati fan-klubning etakchi azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

“Bunyodkor” klubi rahbariyati fan-klubning etakchi azolari bilan uchrashdi

8 fevral sanasida “Bunyodkor” klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev hamda fan-klubning etakchi azolari bilan klub majlislar zalida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Dastavval, “qaldirg'ochlar” rahbari so'z olib, ishqibozlarga bugungi kunda klubda olib borilayotgan ishlar, yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari haqida qisqacha malumot berib o'tdi.  


- Bizni yozning jaziramasida ham, qishning qahratonida ham yolg'izlatib qo'ymaydigan sizdek ishqibozlarimiz bilan ko'rishib turganimizdan xursandmiz va har doim siz bilan uchrashishga tayyormiz. Xabaringiz bor, yaqinda klub rahbariyatida bir qator o'zgarishlar bo'ldi. Abror aka Imomxo'jaev klub bosh direktori o'rinbosari etib tayinlandilar. Abror aka klub tashkil etilgan kundan buyon doim biz bilan birgalar, 2007 yili “Bunyodkor” fan klubi tashkil etilishida ham o'zlari bosh-qosh bo'lgan insonlardan biri. SHuningdek, bugungi yig'ilishda moliyalashtirish bo'limi boshlig'i SHomurod Isroilov ham ishtirok etmoqda. Yangi mavsum avvalida siz mulislar bilan uchrashishni xohladik. Umuman olganda “Bunyodkor” uchun har doim muxlislarning fikri, ularning o'rni birinchi o'rinda bo'lib kelgan va muxlislar bilan ish olib borishni barchadan PFL ham talaba qilmoqda. Futbol kim uchun? Albatta muxlislar uchun. Klubimiz shiori ham bejizga “Bunyodkor” muxlislar uchun o'ynaydi!” emas. Biz futbolchilar bilan aynan shunga harakat qilamiz va siz ham doimgidek bizni yolg'izlatib qo'ymaysiz degan umiddaman. Yangi mavsum oldidan bir qator muammolarni hal qilishga harakat qilyapmiz. Jumladan, xabaringiz bor, uy stadionimiz maysasini almashtirish ishlari olib borilmoqda va biz bir muddat uydagi o'yinlarmizni boshqa stadionlarda o'tkazishimizga to'g'ri kelmoqda. Hozirda aynan mana shu masala yuzasidan og'zaki kelishuvga erishdik va muammo bartaraf etildi. Unga ko'ra ayrim o'yinlarmizni TTYMI stadionida o'tkazsak, ayrimlarini “Paxtakor” stadionida o'tkazishimizga to'g'ri keladi. Bu borada PFL ham bizning hozirgi holatimizni inobatga olib qo'llab-quvvatlamoqda.



Abror Imomxo'jaev (klub bosh direktori o'rinbosari):

-Bizning faol fan-klubimiz bor va ular bilan har doim faxrlanganmiz. Aynan mana shu faollikni bu mavsumda yana ham kuchaytirish va eng zo'r fan klub ekanini isbotlash vaqti keldi. Sababi aynan PFL ham shuni talab qilmoqda. Xorijiy klublar fan klublari faoliyatiga qarasak, ular klubdan xoli tarzda faoliyat olib boradi va o'zlari mustaqil hisoblanadi. Keling, bizda avvaliga klub qo'llab-quvvatlagan holda va keyinchalik fan-klub alohida klub qoshida ajralmagan holda mustaqil tashkilot sifatida faoliyat olib borishini tashkil qilsak. Unda klub atributkalari, muxlislar uchun futbolkalar, suvenirlar hamda turli xil esdalik sovg'alari ishlab chiqarilishini yo'lga qo'ysangiz va shu orqali fan-klub faoliyatini moliyalashtirishni yo'lga qo'yiladi hamda bir qancha ish o'rinlari ham yaratiladi. Bunda klub albatta sizga yordamlashadi.



Ulug'bek Mirzaev (“Bunyodkor” klubi bosh direktori):

-PFL talabi asosida muxlislar klubi bilan ishlaydigan alohida mutaxassis ayrim klublarda yo'q, borlarida ham etibor kam deya etiroz bildirishdi. Biz aynan shunday etirozlar bo'lmasligi uchun har doim fan klub bilan birga ishlashga tayyormiz. Muxlislarimiz safini kengaytirish, ular bilan muntazam muloqotlar qilish maqsadida  turli muassasalar, oliygohlar talabalari, maktab o'quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilishni rejalashtirmoqdamiz. SHu orqali muxlislarimiz safini kengaytirib boramiz. SHuningdek, klub muxlislari o'rtasida turli tanlovlar o'tkazishni rejalashtiryapmiz. Muxlislar bilan ishlash sohasida faol bo'lishimiz kerak va orqada qolib ketmasligimiz shart. Fan-klubga qanday yordam kerak bo'lsa, takliflar bersangiz yordam berishga tayyormiz.



SHavkat Imomov (“Bunyodkor” fan klubi raisi):

-Eng avvalo biz muxlislar bilan uchrashuvga “labbay” deb javob bergani uchun klub rahbariyatiga rahmat. Muntazam ravishda muxlislarni qo'llab-quvvatlab kelmoqdasizlar, biz ham hech qachon “Bunyodkor”ni yolg'izlatib qo'ymaymiz. Har doim klub bilan birgamiz. Yuqorida bildirilgan takliflar hamda fikrlarni inobatga olgan holda klub muxlislari bilan yig'ilib, kelishib olib tez fursatda ishlarni tashkil etamiz.


Abdurahmon Fozilov (“Bunyodkor” fan-klubi etakchisi):

-Bugungi qabul uchun rahmat. Yaqinda BAAda o'tkazilgan Osiyo chempionatida “Bunyodkor” fan klubi azolari ham ishtirok etib qaytishdi va ushbu musobaqadan olib kelingan arzimas sovg'amizni topshirmoqchimiz.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga keladigan bo'lsak, fan-klubning mustaqil bo'lgani, o'zi pul ishlab topishga harakat qilishi yaxshi. Biz ham bu borada targ'ibot ishlarini olib borishga, klub qoshida yuqorida aytilganidek atributkalar, suvenirlar ishlab chiqarish bo'yicha hamkorlarni taklif etishga harakat qilamiz.



Ulug'bek Mirzaev (“Bunyodkor” klubi bosh direktori):

-Futbol muxlislar uchun! Muxlislarsiz bo'm-bo'sh stadiondagi o'yinlar hech kimga kerak emas. Jamoa va fan-klub xuddi bir oiladek. Siz muxlislar eas mana shu oilaning teng huquqli azosiz. Qilinayotgan barcha ishlar muxlislarni stadionga qaytarish uchun amalga oshirilmoqda. Bu borada siz ham biz bilan birga elkama-elka turib doimgiday yordamlashasiz degan umiddamiz. “Bunyodkor” ishqibozlari safini yanada ko'paytirishimiz darkor. Yaxshi kunda ham, yomon kunda ham biz bilan birga ekanligingizdan, siz kabi fidoiy muxlislarimiz borligi bilan faxrlanamiz!


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика