“Bunyodkor” Isfahonda!
03 apr 2016 19:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203549_original.jpg)
![](/upload/storage/203549_220.jpg)
“Bunyodkor” Isfahonda!
2 aprel kuni erta tongda Eron tomon yo'lga chiqqan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mahalliy vaqt bilan 22:30da Isfahon shahriga etib keldi.
“Bunyodkor” FK delegaciyasi Isfahondagi “Kowsar” mehmonxonasiga joylashishdi. Birozgina shamolni inobatga olmaganda shahardagi ob-havo harorati deyarli Toshkentdagi bilan bir xilda.
Bugun, 3 aprel sanasida “Bunyodkor” Eronning eng qadimiy shahri hisoblangan Isfahondagi birinchi mashg'ulotini o'tkazadi. Sergey Lushchan boshchiligida olib boriladigan tayyorgarlik jarayoni mahalliy vaqt bilan 19:00ga mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Osiyo CHempionlar ligasi-2016 guruh bosqichi 4-turi doirasidagi “Zob-Ahan” – “Bunyodkor” uchrashuvi 5 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkentda 20:30 bo'ladi)da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar