“Bunyodkor” ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi
15 iyu 2015 14:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/177967_original.jpg)
![](/upload/storage/177967_220.jpg)
“Bunyodkor” ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi qisqa tatildan so'ng yana mashg'ulotlarga kirishdi.
Xabaringiz bor, “qaldirg'ochlar” 9 iyul kuni mamlakat kubogi doirasida Jizzaxda “So'g'diyona”ga qarshi bahs olib borishib, tatilga hammadan kech chiqib ketishgandi.
14 iyul kuni “Bunyodkor” vakillari o'z qarorgohlarida to'planishdi va erta tongdan “Futbol-MED” shifokorlari nazoratidan o'tishdi.
Bugun, 15 iyuldan etiboran tayyorgarlik jarayoni CHimyon tog' yon bag'irlaridagi “Green Paradise” maskaniga ko'chdi. U erda asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklash bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi.
Sergey Lushchan o'z shogirdlari bilan 21 iyulga qadar tog'da shug'ullanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar