"Bunyodkor" ham mashg'ulotlarga kirishdi. Tarkibda o'zgarishlar bormi?
22 dek 2021 18:25
Yangiliklar
"Bunyodkor" ham mashg'ulotlarga kirishdi. Tarkibda o'zgarishlar bormi?
Superliga jamoalari kichik tanaffusdan so'ng navbatdagi mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yuborishdi
SHuhrat Maqsudov murabbiyligidagi “Bunyodkor” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
20 dekabrdan etiboran “Bunyodkor” akademiyasida yig'inga kirishgan “qaldirg'ochlar” tarkibida o'zgarishlar yo'q. Yig'in 2021 yilgi mavsumni jamoa safida o'tkazgan futbolchilar bilan davom etmoqda. Kuniga bir mahaldan o'tkazilayotgan mashg'ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlikka ahamiyat berilmoqda. Mashg'ulotlar maydonda va “trenajyor zalida” o'tkazilmoqda. 29 dekabrga qadar davom etadigan mashg'ulotlarning so'nggi kunida nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Unda jamoa ikki tarkibga bo'lingan holda maydonga tushadi.
Fikrlar