So’nggi yangiliklar

09:00Санжар Шомуродов: "Элдор болалигидан Европада ўйнашни ният қиларди"  2 08:26Садриддин Ҳасанов: "18 ёшга тўлганимдан сўнг "Брага"га кетаман"  3 08:01Тимур Кападзе: "Бу мукофот мени янада кучли қилади"  4 01:04"Пахтакор" ёшлари Қатар U-20 термасига қарши назорат ўйинини ўтказди  2 00:55"Ливерпуль"га "Интер" ҳимоячиси керак  1 00:33Саудия Арабистони. "Ал Насср"дан йирик ғалаба, Роналдудан 961-гол!  3 00:16"Айнтрахт"га янги бош мураббий тайинланди  3 23:46Инсинье собиқ жамоасига қайтди  2 23:14"Милан" футболчиси "Рома"га ўтиши мумкин  2 22:58Ҳусанов 2-ўринда: ЕЧЛнинг умумий гуруҳ босқичидаги энг тезкор футболчилар маълум қилинди  12 22:33"Манчестер Сити" Оскар Боббни сотиб юборди  1 22:16Флик: "Барселона"нинг мақсади - барча совринларни ютиш"  8 21:50Ўзбекистон U-17 Хитойни мағлуб этди  3 21:35Расман: "Барселона" Фермин билан шартномани узайтирди  3 21:13"Ювентус" колумбиялик юлдузни олиб келмоқчи  1

"Bunyodkor": G'ofurov va Karimov 200lik marrada Yangiliklar

"Bunyodkor": G'ofurov va Karimov 200lik marrada

Kecha “Bunyodkor” o'z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubini qabul qildi.
Uchrashuv boshlanishi oldidan har ikkala jamoa futbolchilari “Bunyodkor” stadioniga yig'ilgan muxlislar qarshisida “qaldirg'ochlar”ning ikki nafar azosi – Anvar G'ofurov va Xayrulla Karimovga 200-raqam aks ettirilgan mahsus futbolkalar topshirildi.

Gap shundaki, har ikkala futbolchi “Bunyodkor” safida uzoq yillardan beri to'p tepib kelishmoqda va ularning jamoa safida o'tkazgan rasmiy uchrashuvlari soni 200lik dovondan oshib ketdi. Anvar G'ofurov bu marrani o'tgan mavsum oliy liga 22-turi doirasida o'tgan “Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvida zabt etgan bo'lsa, Xayrulla Karimov “Al-Nasr”ga qarshi o'yinda “qaldirg'ochlar” safidagi o'zining 200-uchrashuvini o'tkazdi.

SHu munosabat bilan “Bunyodkor” – “Al-Nasr” uchrashuvi boshlanishi oldidan bosh murabbiy Sergey Lushan har ikkala shogirdiga 200-raqam tushirilgan futbolkalarni tantanali ravishda topshirdi.



O'ylaymizki, Anvar G'ofurov va Xayrulla Karimov singari boy tajribaga ega bo'lgan futbolchilar hali ko'p vaqt yoshlarga o'rnak bo'lishib, ularni kelajakda etuk futbolchi bo'lib etishishlarida o'z hissalarini qo'shishadi.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” safida birinchi bo'lib 200lik marraga yarim himoyachi va endilikda o'z faoliyatini “SHo'rtan”da davom ettirayotgan Viktor Karpenkoga etib kelgandi. Uning “qaldirg'ochlar” safidagi 200-uchrashuvi 2012 yilning 8 oktyabr kunida o'tgan “Lokomotiv” – “Bunyodkor” uchrashuviga to'g'ri keladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика