So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

“Bunyodkor-Geofizika” muvaffaqiyatli mavsumni tantanali nishonladi Yangiliklar

“Bunyodkor-Geofizika” muvaffaqiyatli mavsumni tantanali nishonladi

Kecha poytaxtimizdagi “Tarona” restoranida o'zbek futbolida tobora nom qozonib borayotgan “Bunyodkor-Geofizika” jamoasi azolari omadli o'tgan mavsumni tantanali tarzda nishonlashdi.
Jamoa Mustaqilligimizning 22 yilligi nishonlangan kunlarda avvaliga 2-liga jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining Toshkent viloyati mintaqasida chempionlikni qo'lga kiritdi. Mamlakatimizning yana bir ulug' bayrami – Konstituciya kuni arafasida esa, 2014 yili birinchi ligada ishtirok etish huquqini beradigan yo'llanma sohibiga aylandi. SHu munosabat bilan juma kuni jamoa azolari hamda klubning faoliyatiga yaqindan ko'maklashgan mehmonlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.

- Bunday katta muvaffaqiyatlarga erishishimizda, eng birinchi navbatda, klub muassislarining xizmatlari beqiyos, - dedi tadbirni ochar ekan klub bosh direktori Ravshan Abduqodirov. – Muassislarimiz bizga keragidan ham ziyoda sharoitlar yaratib berishdi. Jamoa maydon tashqarisida biron-bir muammo sezmadi. Yigitlarga faqat va faqat chiroyli o'yin ko'rsatish qolgandi, xolos. Men barchani erishilgan yutuqlar bilan muborakbod etaman. Niyat qilamizki, endi birinchi ligada ham munosib ishtirok etib, yuqori ligada o'zimizga yarasha muqim o'ringa ega bo'lamiz.

...Marosim davomida jamoa ustozlaridan biri Alisher Ibrohimovga Toshkent viloyati futbol federaciyasi tomonidan bejizga “Eng zahmatkash murabbiy” sovrini topshirilmadi. Gap shundaki, katta murabbiy Alisher Ibrohimov jamoaning bugungi futbolchilarini to'qqiz yil ilgari yig'ib, ularni mavsumdan mavsumga sayqallab bordi. Mana ko'rib turibsizki, bu tinimsiz mehnatlar bugunga kelib o'z mevasini berdi. “Men g'oyat xursandman. CHunki hali bolalikdayoq Toshkent viloyatining Geofizika hududida yiqqan shogirdlarim bugun nihoyat shohsupagacha etib kelishdi. Bu muvaffaqiyatdan qanchalik shod ekanligimni tasavvur qilsangiz edi. Bunda klub homiylarining ahamiyatini alohida takidlab o'tmoqchiman va ularga o'zimning chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman. O'ylaymanki, shogirdlarim hali bundan-da katta g'alabalarga erishishadi”, - deydi A.Ibrohimov.

Toshkent viloyatining 2013 yilgi chempionlari sifatida oltin medallar bilan quyidagi futbolchi va murabbiylar taqdirlanishdi.

Futbolchilar:
1. Iskandar Mo'minov - darvozabon
2. Rahimjon Gaynutdinov - darvozabon
3. G'ulom Halimtoev - himoyachi
4. Aziz Rahmonov - himoyachi
5. Pavel Tyulkin - himoyachi
6. Umid Valiev - himoyachi
7. Konstantin Sviridov - himoyachi
8. Temur Jabborov - himoyachi
9. Yashar Mutalibov - yarim himoyachi
10. Andrey SHlyoma - yarim himoyachi
11. Rustam Yunusxonov - yarim himoyachi
12. Ilyos Pardaev - yarim himoyachi
13. Umidjon Zaynidinov - yarim himoyachi
14. Abdulazizxon Jo'raev - yarim himoyachi
15. SHohruh Sultonov - yarim himoyachi
16. Bekzod SHukurov - hujumchi
17. SHuhrat Qozoqboev - hujumchi
18. Dilshod Yunusmatov - hujumchi
19. Elyor Abdulloev - hujumchi
20. Sirojiddin Gulyamov - hujumchi
21. Xumoyun Sultonov
22. Doston O'lmasov
23. Bobur O'sarov
24. Doniyor Asomiddinov
25. Alisher Jo'raev
26. Abror Pozilov
27. Laziz Tursunpo'latov
28. Ulug'bek Umarov

Rahbariyat va murabbiylar shtabi:
1. Ravshan To'ychievich Abduqodirov – bosh direktor
2. Muhammad-Azamjon Arabjonovich Abdujabborov – texnik direktor
3. Sergey Valerevich Ni – bosh murabbiy
4. Alisher Ergashevich Ibrohimov – katta murabbiy
5. Vladimir Panov – jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy
6. Ravshan Boqiev - shifokor
7. Marlen Karimov - massajchi

Bundan tashqari, 6ta nominaciyada jamoa safidagi yilning eng yaxshi futbolchilari ham aniqlandi:

Eng yaxshi darvozabon - Iskandar Mo'minov
Eng yaxshi himoyachi - G'ulom Halimtoev
Eng yaxshi yarim himoyachi - Umidjon Zaynidinov
Eng yaxshi hujumchi - Elyor Abdulloev
Eng yaxshi yosh futbolchi - Temur Jabborov
Muassislar mehrini qozongan futbolchi - Bekzod SHukurov

Etiborlisi, eng yaxshi yarim himoyachi va eng yaxshi hujumchiga sovrinlarni, tegishlicha, O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari – Sanjar Tursunov hamda Farhod Tojiev topshirishdi.

Ulug'bek Mirzaev
Foto: Hasan Pirmuhamedov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика