“Bunyodkor-Geofizika” endi “Toshkent PFK”
07 dek 2013 10:31
Yangiliklar

“Bunyodkor-Geofizika” endi “Toshkent PFK”
Kecha, 2013 yil 6 dekabr, juma kuni birinchi liganing yangi qatnashchisi – “Bunyodkor-Geofizika” klubining nomi o'zgartirilganligi elon qilindi.
Klub 2-liga jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining Toshkent viloyati mintaqasida chempionlikni hamda 2014 yili birinchi ligada ishtirok etish huquqini beradigan yo'llanmani qo'lga kiritganligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali tadbirda “Bunyodkor-Geofizika” endilikda rasmiy tarzda “Toshkent Professional Futbol Klubi” MCHJ deb nomlana boshlashi aytildi.
Toshkent viloyatining “Toshkent PFK” jamoasi endilikda O'zbekiston Professional futbol ligasining 38ta klubdan iborat oilasining to'laqonli azosi! Boz ustiga, jamoa birinchi ligada Toshkent viloyatining yagona vakilidir. Biz jamoaga kelgusi, yangi miqyosda o'tadigan mavsumda omadlar tilab qolamiz!
Olg'a, “Toshkent PFK”!
Ulug'bek Mirzaev

Fikrlar