So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  3 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  4 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  7 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  3 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  22 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  14 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  45 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

Bunyodkor futbolchilari klub prezidenti bilan uchrashdi Yangiliklar

Bunyodkor futbolchilari klub prezidenti bilan uchrashdi

Kecha Bunyodkor akademiyasi majlislar zalida klub prezidenti Ashurov Ulug'bek Murodilloevich futbolchilar va murabbiylar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda «Bunyodkor»ning yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o'tkazilgan yig'inlar, mavsum oldida klub oldga qo'yilayotgan vazifalar, rejalar haqida so'z yuritildi.



-O'tgan mavsumda «Bunyodkor» klub jiddiy sinovlarni boshidan o'tkazdi. Joriy tarkibni moliyaviy taminlash bilan birga eski yillardan yopilmay qolib ketgan qarzdorliklar masalasini ham hal qilishimizga to'g'ri keldi. Umid qilamanki, barcha qiyinchiliklar ortda qoldi hamda endi «Bunyodkor»da bu masalada muammolar bo'lmaydi. Biz imkoniyat darajasida klubdan o'z yordamimizni ayaymaymiz. Sizning vazifangiz – futbol o'ynash. Siz chiroyli futbol o'ynab yuqori marralarni zabt eting, moliyaviy masalalarni biz hal qilamiz. Imkon bo'lsa «O'zbekneftgaz»dan tashqari ham homiylar jalb qilamiz. Klub siyosati o'zgarmaydi: yoshlarni tarbiyalash, turli yoshdagi terma jamoalarga futbolchi etkazib berish, yosh futbolchilarga imkoniyat berishda davom etamiz. «Bunyodkor» asosiy jamoasi, U-18, U-21, ayollar futzal jamoasi, klub akademiyasi etiborimiz markazida bo'ladi. Sizlarning rohatlanib futbol o'ynashingiz uchun barcha sharoitlar aratib beriladi. Agar takliflar, sizlarni qiynayotgan muammo yoki savollar bo'lsa marhamat bildirishingiz mumkin.



Klub prezidentining ushbu fikrlaridan so'ng jamoa sardori Murod Zuhurov so'z olib, o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

-Yuqorida aytilganidek, o'tgan mavsumda klub atrofida turli gap-so'zlar bo'lgach, biz ham xavotirda edik. SHukrki barcha masalalar hal etildi va biz yangi mavsumda Superligada ishtirok etishimiz aniq bo'ldi. Klub direktori bilan uchrashganimizda ham bu mavsumda moliyaviy muammolar bo'lmasligi haqida alohida aytib o'tildi. Biz futbolchilarga shunday sharoit yaratib berilayotgani, bizni qo'llab-quvvatlayotgani uchun klub homiylariga, klub rahbariyatiga jamoa azolari nomidan o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Nasib etsa yangi mavsumda yuqori o'rinlarni qo'lga kiritib, ishonchni oqlaymiz.



SHuningdek, klub bosh murabbiyi Vadim Abramov ham o'z fikrlarini aytib o'tdi.

-Jamoaga yangi tanlanganimda klubning maqsadi yosh futbolchilarga etibor qaratish va ularga ko'proq imkoniyat yaratib berish lozimligi aytilgan edi. O'tgan davr mobaynida bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdik hamda etiborimizni klub tarbiyalanuvchilariga qaratdik. Bugungi tarkibga etibor bersangiz, ko'pchiligi «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari, ayrimlari o'tgan mavsumda o'rinbosarlar tarkibida o'ynagan va hali katta futboldan nafas olmagan futbolchilar hisoblanadi. Murabbiylar shtabi yangi mavsumda ushbu futbolchilar bilan chiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarni xursand qilishga, rahbariyat hamda homiylar ishonchini oqlashga harakat qilamiz.



SHundan so'ng klub direktori Ulug'bek Mirzaev yangi mavsumda futbolchilar Nike sport formalaridan foydalanishini aytib o'tdi hamda klub prezidentiga ushbu sport formalaridan namunalar ko'rsatildi.



Muloqot yakunida Ulug'bek Murodilloevich so'z olib, quyidagilarni takidlab o'tdi:

-Ko'rinib turibdi, ko'pchiligingiz yoshsiz. Murabbiy takidlaganidek ayrimlaringiz endi kata futbolga kirib kelyapsiz. Biz sizga o'zingizni ko'rsatishingiz, o'z iqtidoringizni namoyish etishingiz uchun qo'limizdan kelgan barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Bu mavsumda moliyaviy muammolar bo'lmaydi. Siz maydonga chiqing va rohatlanib futbol o'ynang! «Bunyodkor» har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoa. Yangi mavsumda ham shunday bo'lsin: chempion bo'lolmasangiz ham chempionlik uchun harakat qiling, yuqori o'rinlarni egallang. Bu borada sizlarga qanday yordam kerak bo'lsa, biz tayyormiz!

Uchrashuv so'nggida klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev ham so'z olib, futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun klub homiylariga alohida tashakkur izhor qildi. O'z navbatida futbolchilarga bildirilgan ishonchni to'laqonli oqlash uchun o'z ustilarida tinmay ishlashlari lozimligini uqtirdi. SHuningdek, futbolchilardan Islom Qobilov, Anvar G'ofurov ham so'z olib, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi. Kelgusida klub ravnaqi uchun bor mahoratini sarflab, ishonchli g'alabalar bilan muxlislarni xursand qilishga vada berishdi.


Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика