So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

“Bunyodkor” FKga yangi prezident tayinlandi Yangiliklar

“Bunyodkor” FKga yangi prezident tayinlandi

Mamlakatimizning amaldagi chempioni va kubogi sohiblarida yangi rahbar: Alimov Bedil Xondamirovich klub prezidenti etib tayinlandi.
“Bunyodkor” futbol klubi OAJ Kuzatuv kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Bungacha klub prezidenti sifatida ishlab kelgan Jo'raev To'lagan Toshpo'latovich boshqa ishga o'tganligi sababli u o'z lavozimidan ozod etildi. Kuzatuv kengashi azolari unga jamoaning ichki va xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlariga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Bunyodkor”ning yangi prezidenti etib “O'zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi o'rinbosari Alimov Bedil Xondamirovich tayinlandi.

Kuzatuv kengashi azolari yig'ilishidan so'ng “Bunyodkor”ning yangi rahbari klubning rasmiy sayti uchun eksklyuzim intervyu berdi.

- Bedil Xondamirovich, O'zbekistonning eng kuchli klublaridan biri bo'lgan “Bunyodkor” FK prezidenti etib tayinlanganingiz bilan tabriklaymiz!
- Katta rahmat!

- “Bunyodkor” FK prezidenti sifatida qanday maqsad va vazifalarni hal qilishingiz kerak?
- Hukumatimiz mutasaddilari millionlar o'yinini yanada rivojlantirish uchun katta etibor qaratyapti. Muhtaram prezidentimizning futbolni rivojlantirishga oid qarorlarini amalda bajarilishi uchun “O'zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi “Bunyodkor” FKni moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, klub tuzilmasidagi barcha yosh toifadagi jamoalarning mavsumga puxta tayyorlanishi va musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taminlashga masulmiz. “O'zbekneftegaz” MXK raisi SHokir Fayzullaevning klub nomiga yuborgan yangi yil tabrigida jamoamiz oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalar aytib o'tilgan. Unga ko'ra, klub qoshidagi futbol maktabimizda olib borilayotgan ishni yuksak saviyaga olib chiqish, yoshlarimiz kichik oltin medallarni munosib himoya qilishi va jangavor o'rinbosarlarni tayyorlab berishi, asosiy jamoa esa O'zbekiston chempionati va kubogidagi g'oliblikni qaytarishi, shuningdek Osiyo CHempionlar ligasida bosh sovrinni qo'lga kiritishi va shu orqali klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi kerak. Bularni bajarish uchun qanday mashaqqat talab etilishini tushunaman. Biroq bizning jamoa ushbu vazifalarni o'z kuchi bilan engib o'tishga qodir. Bizda tajribali mutaxassislar, tasnifi yuqori bo'lgan xodimlar, jamoa uchun jon kuydiradigan futbolchilar bor. “Bunyodkor” zamonaviy infratuzilma, moddiy-texnika bazasi kabi jahon talablariga javob beradigan sharoitlarga ega. Biz klubning maqsadlari amalga oshishi uchun har tomonlama ko'mak beramiz.

- Kelgusi ishlaringizga omad va zafarlar tilaymiz!
- Hamkasblarimiz bilan “Bunyodkor”ni yanada yuqori cho'qqilarga olib chiqish va shu orqali yurtimiz futbol muxlislarini xushnud etish uchun harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика