“Bunyodkor” FK delegaciyasi Eronda
05 may 2015 01:48
Yangiliklar

“Bunyodkor” FK delegaciyasi Eronda
“Bunyodkor” futbol klubi delegaciyasi Tehronning “Persepolis” klubi bilan safar uchrashuvini o'tkazish uchun Eronga etib keldi.
“Qaldirg'ochlar” 4 may kuni soat 08:25da Toshkent-Dubay-Tehron yo'nalishi bo'yicha parvozni amalga oshirishib, Eron poytaxtiga soat 20:00da etib kelishdi. Tehron xalqaro aeroportidan shahar markazigacha tahminan bir yarim soat avtobusda yo'l yurgan toshkentliklar “Persepolis” klubi tomonidan avvaldan tayyorlab qo'yilgan “Parsian Azadi” oteliga joylashishdi.
Ertaga “Persepolis” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi. Jumladan, o'yinoldi matbuot anjumani, uchrashuv rasmiylari va har ikkala klub vakillari yig'ilishi, shuningdek qitamizning eng ulkan arenasi – “Ozodi” stadionida jamoalarning rasmiy mashg'ulotlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, OCHL-2015 guruh bosqichi so'nggi turi doirasidagi "Persepolis" - "Bunyodkor" uchrashuvi 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:05da (Eronda 20:35 bo'ladi) boshlanadi.

Fikrlar