So’nggi yangiliklar

22:32U-23 Осиё кубоги. Хитой Вьетнамни йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, финалга йўл олди!  0 22:2339 ёшли Жеко Германиядан клуб топди  0 22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:35ЕЧЛ. "Будё Глимт" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  9 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  3 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  7 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  7 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  4 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  11 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0 18:21Скоулз дербидаги ғалабадан сўнг Мартинесни огоҳлантирди  1 17:48"Ювентус" Матета бўйича таклиф билан чиқди  0 17:20Расман: "Локомотив" сербиялик ярим ҳимоячини таркибга қўшиб олди  2 16:52Энрике Диасни ҳимоя қилди ва уни Зидан билан таққослади  13

"Bunyodkor": Faxriylarimiz etirofda Yangiliklar

"Bunyodkor": Faxriylarimiz etirofda

Teglar :  Bunyodkor
Xalqimizda “qarisi bor uyning parisi bor”, degan naql bejiz aytilmagan.

Zero, keksalarni ezozlash, ularni hurmat qilish va parvarishlash bolaligimizdan qon-qonimizga singib ketgan. Bu yozilmagan qoidaga nafaqat oilada, balki jamiyatda ham amal qilishimiz bilan biz boshqa millatlardan ajralib turishimiz hech kimga sir emas.

Bugun "Bunyodkor" klubi qarorgohida O'zbekiston Sport faxriylari Kengashi hamda “Bunyodkor” futbol klubi tashabbusi bilan kichik tadbir o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston Sport faxriylari Kengashi raisi Bahodir Maxsitovich Maxsitov, “Bunyodkor” futbol klubi Bosh direktori Murod Boqievich Aliev va bir qator faxriylar qatnashdi. Tadbirda so'zga chiqqan Bahodir Maxsitovich yurtimizda keksalarga yaratilayotgan sharoitlar, etibor xususida fikr bildirar ekan, shaxsan davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan hukumat darajasiga chiqqanini takidlab, bugungi kunda faxriylarimiz davlatning doimiy etiborida ekanligini malum qildi. Xususan, butun umrini sportga bag'ishlagan faxriylarimizga hukumatimiz va Kengash tomonidan tegishli yordamlar ajratilayotgani etirof etildi. Bahodir Maxsitov “Bunyodkor”dek ulug' dargohga tashrifining sababini izohlar ekan, klubning fidoyi-faxriylarining mehnatlarini etirof etish va ularga tegishli ko'krak nishoni hamda guvohnomalarni topshirish ekanligini bildirdi. Jumladan, “Bunyodkor” futbol klubi va akademiyasida uzoq yillardan buyon turli yo'nalishlarda samarali mehnat qilib kelayotgan bir qator xodimlarga “O'zbekiston Sport faxriysi” ko'krak nishoni va guvohnomasi hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

SHuningdek, tadbir yakunida Bahodir Maxsitovich “Bunyodkor” futbol klubiga Kengashning maxsusi sovg'asini taqdim etdi. O'z navbatida Murod Boqievich bu etibor uchun minnatdorchilik bildirar ekan, Bahodir Maxsitovich va u kabi faxriylarimiz uchun “Bunyodkor” uy uchrashuvlarini bevosita stadionda tomosha qilishlariga “Bunyodkor”dan alohida xona ajratilishini malum qildi.

Taqdirlanganlar
A.M.Semyonov
V.N.Ni
P.V.Kim
G.K.SHokirova
T.V.Usova
SH.G'.Toshpo'latov
B.M.Mahkamov
M.A.Zorina
M.E.Dorfman




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика