So’nggi yangiliklar

19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  1 18:50Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 18:45Про лига. "Арал" – "Локомотив" 1:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  1 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  17 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  2

Bunyodkor delegaciyasi UzAuto Motors mehmoni bo'ldi Yangiliklar

Bunyodkor delegaciyasi UzAuto Motors mehmoni bo'ldi

Teglar :  Bunyodkor
Kecha Bunyodkor jamoasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ulug'bek Mirzaev, bosh murabbiy Vadim Abramov, futbolchilar Anvar G'ofurov, Murodjon Zuhurov hamda klub administraciyasi xodimlari Andijonning Asaka shahridagi UzAuto Motors (sobiq GM Uzbekistan) akciyadorlik kompaniyasiga tashrif buyurdi.

1996 yil 19 iyul kuni ilk avtomobil ishlab chiqarilgan zavodga tashrif buyurgan «qaldirg'ochlar» mezbonlar tomonidan juda iliq kutib olindi. Avvaliga mehmonlarga etti daqiqalik rolik namoyish qilinib, unda zavodda amal qilinishi kerak bo'lgan xavfsizlik qoidalari tushuntirildi. Yani, avtomobil ishlab chiqarish cexlarida xavfsizlik qoidalariga amal qilish batafsil ko'rsatib berildi. SHundan so'ng delegaciyamiz azolarining zavod bo'ylab sayohati boshlandi. Tashrif davomida avtomobil ishlab chiqarishda ishtirok etadigan barcha cexlar ko'zdan kechirildi. Aytish kerak, zavod xodimlarining aksari «millionlar o'yini»ning ashaddiy ishqibozi ekan. «Bunyodkor» delegaciyasi tashrifini ko'rgan futbolsevar ishchi-xodimlar mehmonlarni xushkayfiyatda kutib olishdi. Futbolsever xodimlar Vadim Abramovning milliy terma jamoadagi g'alabalarini eslab, murabbiyga bo'lgan ishonchlarini bildirishdi va omadlar tilashdi. Qolaversa, estalik uchun suratlarga ham tushildi.

Zavod bo'ylab sayohat davomida «UzAuto Motors» rasmiylari ajoyib bir malumotni aytib o'tishdi. 29 oktyabr zavodda tarixiy kunga aylanibdi. CHunki zavod tarixida ilk bor bir sutkada turli rusumdagi 1087 ta avtomobil ishlab chiqarilibdi. «UzAuto Motors» tarixida hali biror marta bunday ko'rsatkich qayd etilmagan ekan. Zavod rasmiylari buni «Bunyodkor»ning tashrifi bilan bog'lagani etiborga molik. Malumot o'rnida aytib o'tamiz, zavodda bir soatda o'rtacha 48ta avtomobil ishlab chiqariladi. Bir yilda esa, xaridorlarga jami 250 ming avtomobil taqdim qilinadi.

Tashrif so'nggida «Bunyodkor» delegaciyasi va «UzAuto Motors» akciyadorlik kompaniyasi bosh direktori Rustam Baxtiyarovich Rajabov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Samimiy, iliq kayfiyatda o'tgan uchrashuvda «Bunyodkor» futbol klubi «UzAuto Motors» akciyadorlik kompaniyasi bilan reklama-homiylik yo'nalishi bo'yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Unga ko'ra yaqin kunlarda har ikkala tomonning masul xodimlari homiylik shartnomasini ishlab chiqishadi. SHundan so'ng tomonlar o'rtasida shartnoma imzolanishi kelishib olindi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика