Bunyodkor Bunyodkorga qaytmoqda!
14 avg 2019 19:58
Yangiliklar
Bunyodkor Bunyodkorga qaytmoqda!
Tashrif davomida dastavval «Bunyodkor» stadionining chimi ko'zdan kechirildi. Maydonning sifatini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar mutaxassislar bilan muhokama qilindi. SHundan so'ng Ravshan Ermatov «Bunyodkor» akademiyasiga ham tashrif buyurib, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, maydonlarning holati bilan tanishdi. Masul mutaxassislarning fikrlari tinglandi, tegishli ko'rsatmalar berildi.
Ravshan Sayfiddinovichning tashrifi «Bunyodkor» muxlislari uchun yaxshi yangilik bilan yakunlandi. Barchani birdek xursand qiladigan xabar shuki, «Bunyodkor» «Bunyodkor»ga qaytmoqda! Yani, jamoa endi uy uchrashuvlarini «Bunyodkor» stadionida o'tkazadi. Superliganing 18-turidan o'rin olgan, 26 avgust kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan «Bunyodkor» - «Lokomotiv» o'yini «Bunyodkor» stadionida o'tkazilishi tasdiqlandi!
Aytish kerak, bu yangilik jamoa uchun mamlakatimiz hurlikka erishgan kun, Mustaqillik bayramiga sovg'a bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar