So’nggi yangiliklar

21:25Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  8 21:15"Динамо" – "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  18 21:10"Реал" ёки ПСЖ эмас. Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати фаворитининг номи айтилди  2 20:43Расман: "Атлетико" Баэнани "Вильярреал"дан 45+5 миллион еврога сотиб олди  0 20:35Осиё Кубоги саралаши. Лаос - Ўзбекистон (онлайн ҳисоб)  1 20:19Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  0 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  2 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  17 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  12 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  3 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  11 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  6

“Bunyodkor” bilan Lushan o'rtasidagi sud ishi klub foydasiga hal bo'ldi Yangiliklar

“Bunyodkor” bilan Lushan o'rtasidagi sud ishi klub foydasiga hal bo'ldi

Xabaringiz bor, “Bunyodkor” futbol klubi va jamoaning sobiq bosh murabbiyi Sergey Lushan o'rtasida o'tgan yildan buyon sud jarayoni bo'lib kelayotgan edi.

2019 yil 28 fevral kuni fuqarolik ishlari bo'yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudi klub murabbiyga u “Bunyodkor”dan talab qilgan summaning yarmini to'lashi lozimligi bo'yicha qaror qabul qilgan edi. Keyinchalik “Bunyodkor” sud chiqargan qaror bo'yicha Lushan oldidagi to'lovlarni amalga oshirdi. Ammo bunga rozi emasligini ochiqchasiga bildirib, Lushan klubga nisbatan ommaviy axborot vositalari orqali keskin chiqishlar qildi. Murabbiy klub ustidan sudga yana, yani ikkinchi marotaba, bu safar yuqoriroq sudga ariza berishini qayta-qayta takrorladi. Natijada, u fuqarolik ishlari bo'yicha Uchtepa tumanlararo sudi qarori ustidan yuqori bo'g'indagi sudga – Toshkent shahar fuqarolik sudiga kassaciya shikoyati (protest) bilan murojaat qildi.

Toshkent shahar fuqarolik sudida ham jarayon bir necha oy davom etdi. Nihoyat, 20 sentyabr kuni, Lushanning kassaciya shikoyatiga nisbatan sudning yakuniy qarori elon qilindi hamda unga ko'ra, “Bunyodkor” bilan Lushan o'rtasidagi sud ishi klub foydasiga hal bo'ldi. Demak, klubning endilikda murabbiy oldida hech qanday majburiyatlari yo'q.


Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика