"Bunyodkor": Ayollar futboli. Erkaklar muvaffaqiyati takrorlanmadi
19 may 2015 07:00
Yangiliklar


"Bunyodkor": Ayollar futboli. Erkaklar muvaffaqiyati takrorlanmadi
Ikki kun ilgari erkaklar o'rtasida kechgan bahsdagi muvaffaqiyatni “qaldirg'ochlar”ning ayollar jamoasi takrorlay olmadi.
Uchrashuvning 4 va 6-daqiqalarida muborakliklar tomonidan kiritilgan tezkor ikkita gol raqibga ustunlik taqdim etdi. “Bunyodkor” tanaffusga chiqish arafasida Mardona Elamasovaning goli evaziga hisobni qisqartirdi. Biroq qolgan daqiqalarda 1:2 hisobini o'zgartirish hech kimga nasib etmadi.
“Bunyodkor” quyidagi tarkibda harakat qildi: 1.Yuliya Ahmedova, 2.Svetlana Valieva (S), 3.Kristina CHunakova, 5.Anzilya Ermakova, 7.Lianna Norbekova, 8.Mardona Elamasova (9.Madina Voxidova 81), 10.Saida Galimova, 11.Ekaterina Salnikova, 13.Lidiya Cema, 15.Umida Zoirova, 20.SHoxsanam Abdulboqieva (27.Maftuna Jo'raeva 76)
Zahira: 25.Diyora G'ulomova, 4.SHahnoza Mahmudova, 17.Muqaddam Abdullaeva, 18.Feruza Rahmonova, 21.Tojiniso Rashidova
“Bunyodkor” ayollar jamoasi 3-turda Qarshining “Sevinch” jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar