"Bunyodkor": Anvar G'ofurov rekordni takrorladi
02 okt 2014 15:21
Yangiliklar
"Bunyodkor": Anvar G'ofurov rekordni takrorladi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi kecha Bekobodda “Metallurg” bilan kuch sinashdi.
Ushbu uchrashuvda “Bunyodkor” safida to'p tepgan Anvar G'ofurov klub tarixida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchilar rekordini takrorladi. Gap shundaki, bungacha Viktor Karpenko “Bunyodkor” safida turli xil rasmiy musobaqalar doirasidagi 203ta uchrashuvda ishtirok etib, bu borada rekordchi bo'lib turgan edi. “Metallurg”ga qarshi kechagi uchrashuv Anvar G'ofurovning “qaldirg'ochlar” safidagi 203-o'yini bo'ldi. Demakki, G'ofurov keyingi turlarda klubning mutlaq rekordchi bo'lib olishga juda yaqin turibdi.
Qayd etish kerakki, Anvar G'ofurov “Bunyodkor” safida Osiyo CHempionlar ligasi doirasida 40ta, O'zbekiston kubogi uchrashuvlarida 27ta va oliy liga bahslarida 136ta o'yinda ishtirok etgan.
Qayd etish kerakki, Anvar G'ofurov “Bunyodkor” safida Osiyo CHempionlar ligasi doirasida 40ta, O'zbekiston kubogi uchrashuvlarida 27ta va oliy liga bahslarida 136ta o'yinda ishtirok etgan.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar