So’nggi yangiliklar

19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  3 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  6 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  6 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  26 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4

“Bunyodkor-A”ning zafarli odimlari davom etadi Yangiliklar

“Bunyodkor-A”ning zafarli odimlari davom etadi

Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol maktabi maydonlarida mezbonlar “qaldirg'ochlar” shahar birinchiligining 3-turida ROZKni qabul qilishdi.
Ushbu qarama-qarshilikda turli yosh toifasidagi jamoalar bellashishdi. Tomonlarning birinchi bosqichdagi o'yinlarida 2001 yilda tavallud topgan futbolchilardan tashqari qolgan barcha yosh toifalarida “qaldirg'ochlar” g'alaba nashidasini surishgandi. Etiborga molik tomoni shundaki, bu safargi bahslar ichida ham aynan 14 yoshli tarbiyalanuvchilar ROZK oldida ojiz qolishdi.

2003 yil. 2:0 (1:0)
Ilk o'yinda 12 yoshli futbolchilar to'qnash kelishdi. Vaziyat taqozosi bilan futbolchilar maydonning bir tomoniga to'planib qolishgandan keyin, ikkinchi darvoza oldiga borish uchun katta kuch sarflashdi. Ammo “Bunyodkor-A” o'z tengqurlariga nisbatan faolroq va tajribaliroq ekanligi ularning harakatlaridan sezilib turardi. Mezbonlar ROZK jarima maydoni atrofida ko'p xavfli vaziyatlar sodir etishdi. Natijada, birinchi taymning oxirgi daqiqalari o'tib borayotgan bir pallada “qaldirg'ochlar” hisobda oldinga chiqib olishdi – 1:0. Ikkinchi bo'limda maydon egalari hisobni mustahkamlash maqsadida, o'z omadini raqib darvozasi oldidan izlay boshlashdi. Bu urinishlar 58-daqiqaga kelib samarasini bermasdan qolmadi. Markazdan boshlangan hujum uchrashuvdagi so'nggi marta to'pni darvozaga kiritilishi bilan yakunlandi – 2:0.

2002 yil. 9:0 (5:0)
Navbatdagi uchrashuvda maydon egalari raqiblaridan yaqqol ustun ekanliklarini hisobda ham ko'rsatib qo'yishdi. Bellashuvning ilk daqiqalarida Ayub Umarxo'jaev jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Bu 7-raqamdagi hujumchining gollar shousi boshlanishidan darak edi. Ayub Umarxo'jaev o'yin yakunlanguniga qadar yana 4 marta darvozani ishg'ol qildi va o'z nomiga shu kuni 5ta golni rasmiylashtirib qo'ydi. Undan tashqari Abduqodir Husanov “dubl”, Abdurasul Bo'riev va Diyorbek Rahimqulov ROZK jamoasi posbonining “qora ro'yxatidan” o'rin egallashdi. SHu tariqa bahsda 9:0 hisobi qayd etildi.

2001 yil. 1:2 (0:2)
Navbatdagi bellashuvda ROZKning 2001 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari “qaldirg'ochlar”ni engish yo'llarini boshqalarga ko'rsatib qo'yishdi. Ikki jamoaning 14 yoshli tarbiyalanuvchilar o'yinida to'p uchun kurash asosan maydon markazida kechdi. Oldingi uchrashuvda bo'lganidek, mazkur bahsda ham ilk daqiqada hisob ochildi. 6-daqiqada Isroil Mirzaahmedov mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi. Tezkor gol maydon egalariga salbiy tasir ko'rsatdi shekilli, birinchi taymning o'zida ikki marta to'pni maydon markazidan boshlab berishlariga to'g'ri keldi. Vaziyat qahramoni Nodir Po'latxonov.

Ikkinchi bo'limda o'yini qovushmayotgan “Bunyodkor-A” hech bo'lmasa oradagi farqni qisqartirishga astoydil harakat qildi. Harakatda baraka deganlaridek, ikkinchi 45 daqiqalikda “qaldirg'ochlar”ning hujumkor yarim himoyachisi Islom Abdujabborov o'zini ko'rsatdi va jamoaga umid uchqunlarini paydo bo'lishida hissa qo'shdi. Ammo bu muvaffaqiyat amalda durangni ham olib kelmadi.

2000 yil. 4:1 (3:0)
Ushbu bellashuvda bunyodkorchilar ROZK jamoasiga deyarli imkoniyat qoldirishmadi. O'yin davomida “qaldirg'ochlar” asosan qanotlardan hujumlar tashkil etishdi. Markazidan ham raqibga bosim uyushtirishdi. Lekin mezbonlar yozning issiq kunlarida o'z ramzi hisoblangan qaldirg'ochning qanotlaridan foydalanishdi. Bu esa “Bunyodkor-A”ga birinchi taymda 3 marta foyda keltirdi.

Ikkinchi bo'limda qayd etilayotgan hisobdan mezbonlar biroz hushyorlikni yo'qotishdi shekilli, o'z darvozasidan bitta to'p olib chiqishdi. Bu holatni yaxshi tushunib turgan maydon egalarining murabbiyi shogirdlarini “uyg'onish”larini talab qildi. O'z navbatida, Otabek G'ulomxo'jaevning ko'rsatmalarini to'g'ri tushungan futbolchilar o'yinni huddi birinchi taymda bo'lganidek 3ta to'p farqi bilan yakunlashga erishishdi. Umumiy hisob 4:1.

1999-98 yil. 2:1 (1:1)
Kunning oxirgi baxsida tomonlar bir-birlariga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Maydonning har bir qarich eri uchun kurashishdi. O'yin tashkil etish borasida ROZK tarbiyalanuvchilari maydon egalaridan qolishmasliklari ko'rinib turgandi. Lekin uchrashuvda birinchi bo'lib hisob mezbonlar tomonidan ochildi. O'tkazib yuborilgan gol mehmonlarni oldinga undashi tabiiy edi. Amalda shunday bo'lib chiqdi ham. ROZKning ketma-ket tashkil etgan etgan hujumlari oxir-oqibat Javohir Qilichevning darvozasi ishg'ol qilinishi bilan yakunlandi – 1:1. Bu gol mehmonlarga bir necha daqiqalik xursandchilikni taqdim etdi holos. Oradan 9 daqiqa o'tib “Bunyodkor-A” bellashuvdagi hal qiluvchi golni raqib darvozasiga kiritdi. SHu tariqa, o'yin 2:1 hisobida maydon egalarining kichik, ammo muhim g'alabasi bilan yakunlandi.

O'tkazilgan 5ta bahsda ishtirok etgan “qaldirg'ochlar”ning turli yosh toifasidagi jamoalari 4 ta o'yinni o'z foydalariga hal qilgan bo'lishsa, bir marta maydonni boshlari egik holda tark etishdi. Uchrashuvlarda jami 22 ta gol darvozalarga kiritildi. SHulardan 18 tasiga mezbonlar mualliflik qilishadi. ROZK futbolchilari esa 4 marta raqib posbonlarini ranjitishni uddalashdi.

Bekzod ISAEV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика