“Bunyodkor” – “Al-SHabab”. O'yinoldi matbuot anjumani
07 fev 2016 09:26
Yangiliklar


“Bunyodkor” – “Al-SHabab”. O'yinoldi matbuot anjumani
Soat 12:30da boshlanadigan tadbirning birinchi qismida “Al-SHabab” bosh murabbiyi Kaio Junior va futbolchilardan biri OAV vakillari savollariga javob qaytaradi.
SHundan so'ng “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushan va etakchi futbolchilardan biri jurnalistlar bilan muloqotga kirishadi.
SHuningdek, 8 fevral kuni har ikkala jamoa rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. Dubayliklar soat 16:00dan etiboran “Bunyodkor” stadioni maysalarini sinab ko'rishsa, “qaldirg'ochlar” soat 17:00dan boshlab asosiy maydonda mashq qilshadi. Har ikkala mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi jurnalistlar uchun ochiq bo'ladi.
“Bunyodkor” – “Al-SHabab” uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan har ikkala tadbirga OAV vakillarini taklif etamiz.
Eslatib o'tamiz, Osiyo CHempionlar ligasi “pley-off” bosqichi doirasidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Al-SHabab” uchrashuvi 9 fevral kuni “Bunyodkor” stadionida soat 17:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar