"Bunyodkor": "Al-Nasr"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
19 fev 2016 14:54
Yangiliklar


"Bunyodkor": "Al-Nasr"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Xabaringiz bor, ketma-ket omadsizliklardan so'ng “Al-Nasr” bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelgan italiyalik Fabio Kannavaro istefoga chiqarilgandi. SHundan so'ng bosh murabbiylik vazifasi vaqtincha kolumbiyalik sobiq mashhur darvozabon Rene Igitaga topshirildi. Bu mutaxassis boshchiligida “Al-Nasr” Jiddaning “Al-Ahli” klubi bilan 1:1 hisobidagi durang natija qayd etdi.
18 fevral kuni “Al-Nasr” klubi jamoaning yangi ustozini elon qildi. Bungacha “Dorados de Sinaloa” (Meksika), “Real Sosedad” (Ispaniya), “Almeriya” (Ispaniya), “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) klublarida faoliyat yuritgan ispaniyalik mutaxassis Raul Kaneda “Al-Nasr”ni mavsum oxirigacha boshqarib boradigan bo'ldi. Takidlash joizki, Kaneda uchun “Al-Nasr” begona emas. U bundan avval 2014 yilning 2 mayidan 31 oktyabr sanasigacha ushbu jamoada faoliyat yuritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar