"Bunyodkor": "Al-Nasr"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2016
“Bunyodkor”ning Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidagi raqibi Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Xabaringiz bor, ketma-ket omadsizliklardan so'ng “Al-Nasr” bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelgan italiyalik Fabio Kannavaro iste'foga chiqarilgandi. Shundan so'ng bosh murabbiylik vazifasi vaqtincha kolumbiyalik sobiq mashhur darvozabon Rene Igitaga topshirildi. Bu mutaxassis boshchiligida “Al-Nasr” Jiddaning “Al-Ahli” klubi bilan 1:1 hisobidagi durang natija qayd etdi.

18 fevral kuni “Al-Nasr” klubi jamoaning yangi ustozini e'lon qildi. Bungacha “Dorados de Sinaloa” (Meksika), “Real Sosedad” (Ispaniya), “Almeriya” (Ispaniya), “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) klublarida faoliyat yuritgan ispaniyalik mutaxassis Raul Kaneda “Al-Nasr”ni mavsum oxirigacha boshqarib boradigan bo'ldi. Takidlash joizki, Kaneda uchun “Al-Nasr” begona emas. U bundan avval 2014 yilning 2 mayidan 31 oktyabr sanasigacha ushbu jamoada faoliyat yuritgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com