“Bunyodkor” akkreditaciya jarayonini davom ettiradi
16 fev 2016 15:11
Yangiliklar


“Bunyodkor” akkreditaciya jarayonini davom ettiradi
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi OCHL-2016 “pley-off” bosqichi oldidan jurnalistlarni akkreditaciyadan o'tkazdi.
Joriy yilning 20 yanvaridan 1 fevraliga qadar davom etgan akkreditaciya jarayonida 200dan ziyod jurnalistlar “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga murojaat etishdi.
“Bunyodkor” FK OCHL-2016 guruh bosqichi oldidan akkreditaciya jarayoni davom ettirilayotganligini malum qiladi. Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditaciyadan o'tkazish uchun xat, 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat va pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi. Hujjatlar media@fcbunyodkor.com manzilida elektron shaklda qabul qilinadi.
Qo'shimcha malumotlar uchun “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga murojaat etishingiz mumkin. Telefon: (+998 71) 230 40 59
O’xshash yangiliklar

Fikrlar