So’nggi yangiliklar

18:57Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  3 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  2 18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  18 17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  1 17:25Харри Кейн "Тоттенхэм"га қарши курашади  0 17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  2 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  2 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  6 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  13 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  3 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  6

“Bunyodkor” akademiyasida islohotlar davom etadi Yangiliklar

“Bunyodkor” akademiyasida islohotlar davom etadi

Teglar :  Bunyodkor
Klub akademiyasida o'zgarishlar.

Malumki, “O'zbekneftgaz” akciyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaev “Bunyodkor” akademiyasi faoliyatiga doir o'tkazgan tanqidiy ruhdagi yig'ilishida akademiyada tub islohotlarni amalga oshirish lozimligini va bu jarayonni tezlashtirish zarurligini takidlab, masul mutaxassislarga tegishli topshiriqlarni bergan edi. Kuni kecha mazkur topshiriqlarning ijrosi asosida “Bunyodkor” akademiyasi tizimida qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, taniqli mutaxassis Islom Ahmedov “Bunyodkor” akademiyasi texnik direktori lavozida ish boshladi. SHuningdek, bir nechta  akademiya jamoalarining murabbiylar shtabida ham o'zgarish va “rokirovka"lar yuz berdi. Tajribali murabbiy Rustam Zabirov 1-liga ishtirokchisi “Bunyodkor-2” ustoziga aylangan bo'lsa, Jamoliddin Rahmatullaevga “Bunyodkor” U-19 jamoasi ishonib topshirildi. O'FA birinchiligida qatnashayotgan “Bunyodkor” U-18ga o'z vaqtida “qaldirg'ochlar” libosida to'p surib, ishonchli o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Anvar Rahimov boshchilik qiladi. Qolaversa, Toshkent shahar chempionati – 2-liga bahslarida ishtirok etadigan ikki jamoaning murabbiylar shtabida ham o'zgarish bo'ldi. SHu kunga qadar “Bunyodkor” U-19 bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Rinat Miftaxutdinov  “Bunyodkor-A”, o'zbek futbolida metin himoyachi nomini olgan, 2010 yilgi mavsumda “qaldirg'ochlar” libosini kiygan Hikmat Hoshimov “Bunyodkor-B”ga boshchilik qiladi.   


1-LIGA

“BUNYODKOR-2”

Bosh murabbiy: Rustam Zabirov.

Murabbiylar: Mirkamol Qosimov, Aziz Hoshimov.

Darvozabonlar murabbiyi: Oleg Qahhorov.


U-19 BIRINCHILIGI

“BUNYODKOR” U-19

Bosh murabbiy: Jamoliddin Rahmatullaev.

Murabbiy: Samat Narziqulov.

Darvozabonlar murabbiyi: Aleksey Roshin.

SHifokor: Xusan Yo'ldoshev.


O'FA U-18 BIRINCHILIGI

“BUNYODKOR” U-18

Bosh murabbiy: Anvar Rahimov.

Murabbiy: Yusuf Ergashev.


TOSHKENT SHAHAR CHEMPIONATI - 2-LIGA

“BUNYODKOR-A”

Bosh murabbiy: Rinat Miftaxutdinov.

Murabbiy: Firdavs Kenjaev.


“BUNYODKOR-B”

Bosh murabbiy: Hikmat Hoshimov.

Murabbiy: Botir Zohidov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика