So’nggi yangiliklar

10:00“Барселона“ қизиқаётган футболчи “Реал“га ўтиб кетиши мумкин  2 09:37МЮ Виктор Гёкерешни қўлдан чиқарганидан сўнг Германиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  3 09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  7 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  3 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  6 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  9 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  2 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  4 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4 22:34Камолиддин Тожиев: "Бугун бутун мавсумга етадиган вазият яратдик, тўп дарвозага киришни истамади"  20 22:04Иммобиле А Серияга қайтадими?  2

"Bunyodkor" akademiyasi tamirdan chiqariladi Yangiliklar

"Bunyodkor" akademiyasi tamirdan chiqariladi

Teglar :  "Bunyodkor"
Kecha tushdan so'ng Bunyodkor futbol klubining ishchi guruhi Bunyodkor akademiyasi hududini nazoratdan o'tkazdi.

Kecha tushdan so'ng «Bunyodkor» futbol klubining ishchi guruhi «Bunyodkor» akademiyasi hududini nazoratdan o'tkazdi. 2012 yilning 28 sentyabr kuni foydalanishga topshirilgan akademiyamizda ortda qolgan yillar davomida kapital tamirlash ishlari olib borilmagan. SHu sababli mashg'ulot maydonlaridan tortib, kiyim almashtirish xonalari-yu, akademiya hududi, futbolchilar istiqomat qiladigan xonalar tamirtalab holatga kelib qolgan. «Bunyodkor» fubol klubi direktori Ulug'bek Mirzaev boshchiligidagi ishchi guruh barcha mashg'ulot maydonlari, kiyim almashtirish xonalari, akademiya binosini ko'zdan kechirib, barcha kamchiliklarni diqqat bilan o'rganib, bajarilishi shart bo'lgan ishlarni rejaga kiritdi, masul insonlarga tegishli ko'rsatmalar va vazifalar belgilab berildi.

- Xabaringiz bor, «Bunyodkor» akademiyasi 2012 yil foydalanishga topshirilgan. Bu muddat ichida akademiyamizdagi qator jihozlar, inventarlar, maydonlar va hatto asosiy binomizning tom qismlari tamirtalab holatga kelib qolgan. Buni to'g'ri tushunish lozim. Zero, har qanday buyumning yaroqlik muddati bo'ladi, qolaversa, o'sha muddat yakuniga etmasidan avval ham qisman tamirdan chiqariladi. Ammo «Bunyodkor» akademiyasida deyarli 10 yil davomida kapital tamir bo'lmagan. Natijada o'z-o'zidan jihozlar eskirgan, foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan. Biz klubimiz prezidenti bilan maslahatlashgan holda akademiyamizga jiddiy etibor berishni, tamirdan chiqarishni oldimizga bosh reja qilib oldik. Boisi, klublar moliyaviy tomondan o'z-o'zini taminlash, hukumatimiz tomonidan ajratiladigan homiylarning puliga to'liq qarab bo'lib qolmaslik maqsadida yillik byudjetning kamida 30 foizini o'zi topish yo'liga o'tayotgan ekan, akademiyamizdan chiqqan iqtidor egalari bu borada bizga yordam beradi. O'z vaqtida Sardor Rashidovning transferidan yaxshigina summa ishlab topgan «Bunyodkor» o'tgan yili Jasur Jaloliddinov orqali ham o'z byudjetini boyitdi, qarzdorliklardan qutildi. Aytmoqchimanki, akademiyamiz biz uchun moliyaviy taminot manbai. Bizga yana shunday futbolchilar kerak. SHunday ekan, akademiyamizdagi sharoitlarni jahon standartlariga mos holatga olib chiqishimiz shart! Biz ishchi guruh bilan akademiyaning holatini to'liq o'rganib chiqdik. Asosiy homiymizdan tashqari, marketing yo'nalishi bo'yicha hamkorlarimizdan tushadigan pullar evaziga tez orada akademiyamizda kapital tamirlash ishlarini boshlaymiz, deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Ulug'bek Mirzaev.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика