So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  1 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  7 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

"Bunyodkor" akademiya tarbiyalanuvchilarini tantanali tarzda taqdirlaydi Yangiliklar

"Bunyodkor" akademiya tarbiyalanuvchilarini tantanali tarzda taqdirlaydi

"Bunyodkor" futbol klubi 2021 yil yakunlariga ko'ra, medal qo'lga kiritgan akademiya tarbiyalanuvchilarini 14 dekabr kuni bayramona tarzda taqdirlaydi.

"Kelayotgan haftada "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilarini katta tantanali marosim kutmoqda. 14 dekabr (seshanba) kuni respublikamizdagi eng ko'rkam sanat saroylaridan sanalmish, poytaxtimizning eng markazida – Mustaqillik maydoni yaqinida joylashgan, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi tasarrufidagi “YOSHLAR IJOD SAROYI”da “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi tarbiyalanuvchilarining 2021 yilgi futbol mavsumi yakunlariga bag'ishlangan tantanali taqdirlash tadbiri bo'lib o'tadi. Marosimda bu yil o'z rasmiy musobaqalarida eng yuqori o'rinlarni egallagan jamoalar taqdirlanadilar.

Yosh futbolchilarni tabriklagani futbolimizning taniqli namoyondalari, legioner o'yinchilarimiz, “Bunyodkor” Akademiyasidan etishib chiqqan bir qancha mashhur charm to'p ustalari, el suygan sanatkorlar, dunyoga dong'i ketgan chempion bokschilarimiz va boshqalar tashrif buyuradilar.

Bayramga Akademiyaning barcha uch – “A”, “V” va “S” toifalardagi barcha guruhlar azolari taklif etiladilar. Bolalar bemalol hatto ota-onalari bilan birga kelishlari ham mumkin.

Nimaiki qilinayotgan bo'lsa, barcha-barchasi yosh futbolchilar uchun, ularning porloq kelajagi uchun!

Demak, 14 dekabr (seshanba), “YOSHLAR IJOD SAROYI”, soat 15:00da", - deb yoziladi klub bayonotida.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика