"Bunyodkor" - AGMK uchrashuvi vaqtida stadionda chiroq o'chib qoldi
18 okt 2019 19:00
Yangiliklar


"Bunyodkor" - AGMK uchrashuvi vaqtida stadionda chiroq o'chib qoldi
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
O'yinning ikkinchi bo'limi 65-daqiqasida stadionning yoritish chiroqlarining bazilari o'chib qoldi. Bosh hakam bu holat uchrashuvni davom ettirishga xalal bermaydi deb hisobladi va bahs davom etdi. Biroq keyingi daqiqada endi barcha chiroqlar o'chib qoldi, faqat maydon atrofidagi reklama shitlari va tablo o'chmadi xolos.
Taxminan 20 daqiqalardan so'ng yoritish chiroqlari yondi va o'yin davom ettirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar