So’nggi yangiliklar

09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  0 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  1 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  7 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11

“Bunyodkor-99” - Toshkent shahar chempioni! Yangiliklar

“Bunyodkor-99” - Toshkent shahar chempioni!

Teglar :  Bunyodkor-99
1999 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi Toshkent shahar birinchiligi o'z nihoyasiga etdi.

Toshkent shahar futbol federaciyasi tomonidan bolalar va o'smirlar o'rtasida anaviy tarzda o'tkaziladigan birinchilik bahslarining joriy yilgisi sekin-asta o'z yakuniga etib bormoqda. Beshta yosh toifasida o'tkazilayotgan turnirning 1999 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat guruhi finishga etib keldi.

Qiziqarli va murosasiz o'tgan bahslarda Dilmurod Abdullaev ustozligidagi “Bunyodkor-99” futbolchilari birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Etiborlisi, yakuniy jadvalga ko'ra, “Bunyodkor” va “Spartak” tarbiyalanuvchilarining ochkolari soni bir xil – 33tadanni tashkil etdi. O'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra, “qaldirg'ochlar” g'olib deb topildilar. Dilmurod Abdullaev shogirdlari “Spartak”ni uyda 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan bo'lsa, safada jangavor durang – 2:2 hisobi qayd etildi.

SHu tariqa, “Bunyodkor” birinchi, “Spartak” ikkinchi va “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari uchinchi bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda "Bunyodkor-99" futbolchilari oliy va birinchi liga klublarining tayyorlov guruhlari o'rtasidagi Respublika birinchiligida ham bosh sovrinni qo'lga kiritishgan edi.

“Bunyodkor-99” murabbiylari va futbolchilarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.


Yakuniy jadval

#      
Jamoa

O'

YU

D   

M   

T-F

O

1

“Bunyodkor-A”     

14   

10    

3

1

38-15   

33   

2

“Spartak”

14

10

3

1

23-8

33

3

“Paxtakor”

14

10

2

2

29-10

32

4

“Bunyodkor-B”

14

5

1

8

14-23

16

5

BO'SM-16

13

4

2

7

12-25

14

6

“Lokomotiv”

13

3

4

6

8-16

13

7

ROZK

11

2

1

8

7-16

7

8

SHSFMI-1

11

1

0

10

8-26

3


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика