So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

Bunyodkor-2005 - chempion! Yangiliklar

Bunyodkor-2005 - chempion!

Teglar :  Bunyodkor
Bunyodkor akademiya jamoalarining xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlari davom etadi.

Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tgan «Hane cup-2019» xalqaro musobaqasida ishtirok etgan «Bunyodkor-2005» turnirdagi beshinchi uchrashuvda ham g'alaba qozonib, yakunda chempionlikni qo'lga kiritdi.

Doniyor Usmonov shogirdlari hal qiluvchi bahsda Gruziyaning «Dinamo-Batumi»siga qarshi o'ynadi. Musobaqasining ikkinchi o'yinida ham bu raqib bilan o'ynagan «qaldirg'ochlar» 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Bu safargi bahs biroz qiyin kechdi. Avvaliga tarbiyalanuvchilarimiz raqib darvozasini ikki marta ishg'ol qilgan edi. Ammo ko'p o'tmay hisob tenglashdi. O'z irodasini namoyish qilgan «qaldirg'ochlarimiz» gruziyalik tengdoshlarini uchinchi marta o'yinni maydon markazidan boshlashga majbur qila oldi va yakunda chempionlikni qo'lga kiritdi!

«HANE CUP-2019»
«Dinamo-Batumi» (Gruziya) - «Bunyodkor» - 2:3
«Bunyodkor»:
Ali Erkinov, Abdurahmon Sulaymonov, Asadbek Jamolov, Behruzbek Mahmudov, Muzokir Malikov (Narimon Ahmadjonov, 30), Diyorjon Tolibjonov (SHoyusuf Erkinov, 40), Sobir Rishiddinov, Iskandar Soliev, Temur Baxtiyorov, Doniyor Xayrullaev, Muhammaddiyor Bahodirov (Ramziddin Muhammedov, 50).
Gollar: Iskandar Soliev (2ta), Asadbek Jamolov.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика