So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

“Bunyodkor-2003” Qozog'istondagi xalqaro musobaqa g'olibi! Yangiliklar

“Bunyodkor-2003” Qozog'istondagi xalqaro musobaqa g'olibi!

Qozog'istonda 2003 yilda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalar o'rtasida xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

Unda Qozog'iston va O'zbekistonning jami 15ta jamoasi ishtirok etdi.

O'zbekistondan "Bunyodkor-2003" ikkita jamoa bilan musobaqada qatnashdi: "Bunyodkor-A" va "Bunyodkor-B". Bundan tashqari Toshkentning 77-sonli sport maktab internati ham yurtimiz sharafini himoya qildi.

Murabbiy Alisher Ibrohimov qo'l ostidagi 2003 yilda tavallud topgan “Bunyodkor-B”ni birinchi turda og'ir o'yin kutib turgan edi. Musobaqa mezbonlari bilan murosasiz va biroz noodatiy o'yin bo'lib o'tdi.



Noodatiyligi shundaki, tarkiblar yozilayotganda o'yin protokoliga "Bunyodkor-B" yosh futbolchilarining familiasi va ismi yozilgan edi xolos, raqami yozilmagan edi. SHu sabab mezbon jamoa va tashkiliy qo'mita jamoamizga o'yinchi almashtirishga ruxsat berishmadi. SHu bois “Bunyodkor-B” butun o'yinni bir tarkib bilan boshlab, xattoki o'yinchi jarohat olganida ham malum muddat kamchilik bo'lib o'ynashdi!

Oxir-oqibat mezbonlar “har qancha urinishmasin” o'yin 2:0 hisobida “Bunyodkor” g'alabasi bilan yakun topdi. Ertasiga esa “Taraz-Energetik” jamoasi yirik 9:1 hisobida tor-mor etildi.  

Turnirning uchinchi kunida esa "Astana" olimpiya maktabi akademiyasiga qarshi maydonga chiqishdi va ular ham yirik 3:0 hisobida mag'lub etildi. SHunday qilib yuz foizli natija qayd etgan “Bunyodkor-B” o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi!

Yosh “Bunyodkor”chilarni yarim finalda Qozog'istondagi Ispaniya futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari kutib turishgan edi. Ushbu jamoa tarkibi qisman yosh ispan futbolchilari va ispaniyalik murabbiylarni tashkil etdi. Jamoa bazasi esa Qozog'istoning Aktobe shahrida joylashgan. Murosasiz kechgan bahsda “Bunyodkor” yoshlari javobsiz 2ta gol urib finalga yo'l olishdi.



Eng qizig'i finalda “Bunyodkor”ning ikki jamoasi o'zaro to'qnash keldi: “Bunyodkor-B” Furqat Samegov qo'l ostidagi “Bunyodkor-A” (asosoy tarkib) jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bu final turnir tashkilotchilari uchun kutilmagan syurpriz bo'ldi, sababi ushbu turnirda Qozog'istonning deyarli barcha viloyatlaridan 11 jamoa ishtrok etdi, finalga esa “Bunyodkor-B” va “Bunyodkor-A” jamoalari chiqishdi!



Ushbu final “Bunyodkor” jamoasining ikki murabbiyi Alisher Ibrohimov va Furqat Samegovlar dueli bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz murosasiz va juda qiziqarli bo'lgan finalning asosiy vaqti 0:0 hisobi bilan yakun topdi. Penaltilar seriyasida esa 10:9 hisobida “Bunyodkor-B"  jamoasi g'laba qozonib xalqaro turnir g'olibiga aylandi!

Biz ham o'z nomimizdan “Bunyodkor-B” jamoasini turnir g'olibligi bilan tabriklab qolamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика