Bunyodkor-2003 Krasnodardagi musobaqada guruhda 3-o'rinni egalladi
20 mar 2019 16:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/484536_original.jpg)
![](/upload/storage/484536_220.jpg)
Bunyodkor-2003 Krasnodardagi musobaqada guruhda 3-o'rinni egalladi
Rossiyaning Krasnodar shahrida davom etayotgan Sergey Igorevich Vaxrushev xotira turnirida guruh uchrashuvlari yakunlandi.
Guruhning so'nggi uchrashuvini mezbonlarga qarshi o'tkazgan «Bunyodkor-2003» mag'lubiyatga uchradi. Avvalgi ikki o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlay olgan «Krasnodar» jamoasi bu safar ham buning uddasidan chiqa oldi va shu tariqa guruhda birinchi o'rinni egalladi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Dinamo-Minsk»dan ustun kelgan «CHertanovo» ikkinchi o'rinni o'ziniki qildi. «Bunyodkor-2003» uchinchi o'rin bilan kifoyalandi.
Temur Boboxonov shogirdlari 22 mart, juma kuni «B» guruhida 4-o'rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga chiqadi.
XOTIRA TURNIRI
«Krasnodar» – «Bunyodkor» – 5:0
Gollar: Korotkov, Popov, Gayvoronskiy, SHepet, Berzegov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar