So’nggi yangiliklar

15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  1 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  3 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  9 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  7 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3

“Bunyodkor-2002” xalqaro turnir g'olibi Yangiliklar

“Bunyodkor-2002” xalqaro turnir g'olibi

2002 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz S.M.Stadnik xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir g'olibi bo'ldilar.
12-16 may kunlari poytaxtimizda sport ustasi Stanislav Stadnik xotirasiga bag'ishlangan xalqaro musobaqa o'tkazildi. Unda jami sakkizta jamoa, ikkita guruhga bo'lingan holda ishtirok etdi. Qayd etish kerakki, musobaqada qo'shni Qozog'istondan tashrif buyurgan ikkita jamoa ham qatnashdi.

Sergey CHigodaev boshchiligidagi tarbiyalanuvchilarimiz guruh bosqichi doirasida “Tapoich”ni 8:0, “Buxoro”ni 4:1 va Qozog'istonning “Zarendinec” jamoasini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga birinchi o'rin bilan yo'llanma oldilar. Final yo'llanmasi uchun “Olmaliq” klubi bilan kuch sinashildi va bahsda o'smir “qaldirg'ochlar” 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Hal qiluvchi final bahsida Sergey CHigodaev shogirdlari guruh bosqichidagi “eski tanish” raqib “Buxoro” bilan kuch sinashishib, yirik 5:0 hisobida zafar quchishdi va musobaqa oltin medallariga ega chiqishdi. 3-o'rin uchun kechgan bahsda “Olmaliq” futbolchilari “Zarafshon”ni 4:3 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Turnir yakuniga ko'ra, tashkilotchilar tomonidan Diyorbek Rahimqulov eng yaxshi futbolchi va Otabek Jo'raqo'ziev eng yaxshi to'purar (10ta gol) nominaciyasida g'olib deb topildilar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика