Bunisiga nima deysiz? Azar 120 million evaziga "Barselona“ga o'tadi
13 avg 2017 15:06
Yangiliklar


Bunisiga nima deysiz? Azar 120 million evaziga "Barselona“ga o'tadi
Ispan OAVlarining tarqatgan xabariga ko'ra, "CHelsi" yarim himoyachisi Eden Azar faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga yaqin.
Malum bo'lishicha, londonliklar Neymar bilan xayrlashgan kataloniyaliklardan 120 million evrolik taklif olishsa, belgiyalik bilan xayrlashishga tayyorlar.
SHuningdek, kelishuvga "Barselona" futbolchisi Serxi Roberto ham qo'shib berilishi va bu holda summa o'z-o'zidan kamroq bo'lishi mumkin.
"Ko'klar" ustozi Antonio Konte ancha vaqtdan beri Robertoning o'yinlarini kuzatib keladi va uni o'z jamoasida ko'rish istagini yashirmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar