So’nggi yangiliklar

13:37Шомуродов Туркия Суперлигасида тур рамзий жамоасидан ўрин олди  1 13:17Суперлига. 27-турга ҳакамлар тайинланди  1 12:53Туркияда ҳакамлар қимор ботқоғида: 150 нафардан ортиқ ҳакам тергов остида!  1 12:25Брендан Рожерс "Селтик" мураббийлигидан истеъфога чиқди  1 11:59ЎФФ президенти "Бенфика" клуби шароити билан танишди  2 11:38"Челси" қозоғистонлик футболчини Франция клубига ижарага беради  1 10:41"Барселона" МЮга керак бўлмай қолган яна бир футболчининг трансферига 70 миллион евро сарфлашга тайёр  2 10:10Ламин Ямал "Реал"га қарши ўйиндан сўнг ижтимоий тармоқдаги саҳифасига ўзгартириш киритди  12 09:42Винисиус нима учун "Реал"ни тарк этмоқчи эканлиги маълум бўлди  4 09:11МЮ ва "Челси" қизиқаётган футболчининг нархи 120 миллион фунт этиб белгиланди  3 08:30Пролига. Бугун тур якунланади  0 08:03“Олтин тўп”га даъвогарлар рейтинги эълон қилинди. Рўйхатда Дембеле йўқ  14 07:36Ямал қимматбаҳо харидни амалга оширади  2 01:45Дунёнинг энг қиммат ярим ҳимоячилари эълон қилинди: Беллингем ва Педри нечанчи ўринда?  8 01:19"Реал" сардори яна жароҳат олди  1

Buni shunday qoldirib bo'lmaydi! Yangiliklar

Buni shunday qoldirib bo'lmaydi!

Pro liga so'nggi turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Turon" bahsidan keyin stadionda ro'y bergan voqea shunchaki dahshatning o'zginasi bo'ldi.

Uchrashuv "Turon" jamoasining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi va shu tariqa yaypanliklar Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Eng jirkanch holat o'yindan keyin boshlandi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev final hushtagini chalishi bilanoq "Neftchi" futbolchilari uni o'rab olishdi. 

Bu ham kamlik qilgandek muxlislar maydonga tushib ketishdi. SHundan so'ng ur-tep boshlandi. Hozir barcha ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar va "Neftchi" jamoasi azolarining hakamlarni o'rab olgani-yu, futbolchilardan birining karate uslubida bosh hakamni boplab tepgan videosi aylanib yuribdi. 

Bu uyat! SHarmanda! Vaholanki, hakam o'yinni yomon boshqarmadi. "Turon" haqli g'alaba qozondi. "Neftchi" esa bugungi o'yini bilan uch ochkoga loyiq emasdi. Yuta olmaganiga chiday olmasdan alamni hakamlardan olish qaysi kitobda yozilgan? "Neftchi" shu orqali noprofessional klub ekanligini ko'rsatdi. Bu jamoaga Superligada joy yo'q. Uning joyi Proligada ham emas. 

Hammasi kattalar ko'z o'ngida ro'y berdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham, PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev ham o'sha erda edi. Endi katta ehtimol bilan "Neftchi" futbol klubi va "Istiqlol" stadioni mamuriyati nihoyatda jiddiy tartibda jazolanadi. Buni shunday qoldirib bo'lmaydi. Bugungi voqea bilan o'zbek futboli aslo maqtanadigan ahvolda emas. O'ylaymizki, to's-to'polon ishtirokchilari albatta o'z jazosini topadi.


Reyting: +68   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика