So’nggi yangiliklar

22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  2 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  3 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  5

Buni o'qing! "Zlatanera" Yangiliklar

Buni o'qing! "Zlatanera"

"Zlatanera" – shved tili lug'atida 2012 yil oxiridan boshlab shunday fel paydo bo'ldi.

Zlatan Ibragimovich sharafiga aytilgan bu so'z “maydon va uning tashqarisida dominantlik qilish, kuch  ishlatish” singari manolarni ifodalash uchun ishlatiladi.

Katta futbolda to'qsoninchi yillar oxirida debyut qilgan Ibra xayrlashuv o'yinini o'tkazish haqida o'ylamayapti. Futbolga o'zi bilan birga kirib kelgan tengdoshlari allaqachon issiqqina uyida penciya kutib o'tirgan bir paytda A Seriyadek qiyin chempionatda gollar urishdan charchamayapti. SHved dunyoda eng mashhur uch futbolchidan biri ekanligi shubhasiz. SHu tufayli uning faoliyati haqidagi aytilaverib uvadasi chiqib ketgan gaplar, sizga yod bo'lishga ulgurgan statistikalarga to'xtalish fikridan yiroqman. Bugun uning shaxsi haqida suhbat quramiz.

Men Zlatanni yomon ko'raman!

Har qancha buyuk sportchi bo'lmasin, Ibrani inson sifatida yoqtiradiganlar juda kam. Balandparvoz bayonotlar, oxiri yo'q maqtanchoqlik, manmanlik, o'zidan bo'lak hech kimni tan olmaydigan ego, xudbinlik, hadsizlik... Go'yo duyondagi illatlarning barchasi bir jismga o'rnashgan-u bizga Zlatan qiyofasida namoyon bo'ladi. SHunday! Ammo...

Men Zlatanni hurmat qilaman!

Ha, inson sifatida uni yoqtirmasligim mumkin, lekin hurmat qilishga majburman. Men bilgan, kuzatgan kishilar orasida faqat Zlatan o'zi bo'lib yashaydi. Hech kimga taqlid qilmaydi, saylovlar arafasida ommaga yaxshi ko'rinish ilinjida rol o'ynamaydi, ikkiyuzlamachilik qilmaydi. Uning aksar odamlardan farqi shundaki, Zlatan – Zlatan bo'lib yashashdan qo'rqmaydi, boshqacha yashashni bilmaydi.

O'ylab ko'rganmisiz, bu dunyoda hech kimsa yo'qki, tamomila oq yo qora bo'lsa... Tuproqdan yaraldik, hech birimiz xatolardan kafolatlanmaganmiz. Lekin imkon boricha ularni yashirishga, bildirmaslikka urinamiz. Bazan o'zimizga qizig'i bo'lmagan mavzuda birovlar bilan soatlab gaplashishga majbur bo'lamiz. Zlatan unday emas. SHu tufayli ham men yoki sizning emas, uning sharafiga yangi atama paydo bo'ladi...

Yuqoridagi gaplarni nega yozdim? Albatta, Ibargimovichga bo'lgan muhabbat yoki nafratim tufayli emas. “Championat.asia” uchun anchadan beri yozib kelaman, lekin faqat oxirgi 1 oyni sayt ofisida o'tkazdim. Futbol ichidagi kishilar bilan ko'rishdim, fikr almashdim va o'zimcha xulosa chiqardim:  o'zbek futbolining, umuman jamiyatning eng asosiy muammosi Zlatanlarning yo'qligi (yoki kamligi). Aksar odamlar 1 paytning o'zida 2 ta hayotni yashaydi, aslidek ko'rinishdan qo'rqadi, o'zidan qo'rqadi. Ular o'zgarish uchun o'zida jasorat topmas ekan, haqiqat bir chekkada yig'lab turaveradi...

Qadrli muxlis, dunyoni o'zgartirishdan oldin o'ylab ko'ring: siz qaysi toifaga kirasiz?

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика