Bundesligaga ilk bora chiqqan klubning muxlislari 1-turda tasirli performans uyushtirishdi
21 avg 2019 01:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/513492_original.jpg)
![](/upload/storage/513492_220.jpg)
Bundesligaga ilk bora chiqqan klubning muxlislari 1-turda tasirli performans uyushtirishdi
Union Berlin o'z tarixida ilk marta Germaniya Bundesligasida ishtirok etmoqda.
Jamoa 1-turni o'z uyida o'tkazib, «RB Leypcig» klubiga yirik hisobda (0:4) imkoniyatni boy berdi.
Ushbu bahs boshlanishdan oldin "An der Alten Forsteray" o'yingohiga yig'ilgan berlinlik muxlislar juda tasirli performans uyushtirishdi. Gap shundaki, ular mazkur tarixiy voqeani ko'ra olmagan yaqinlari va do'stlarining rasmlarini tribunaga olib chiqishgan.
Yana o'ziga xos jihati shundaki, ishqibozlar har bir rasmga alohida chipta olib, ular stadionda bahsni kuzatayotgandek tasavvur uyg'onishi uchun harakat qilishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar