Bundesligaga ilk bora chiqqan klubning muxlislari 1-turda ta’sirli performans uyushtirishdi

Eldor Akmurzayev
21 avg 2019, 01:10
Union Berlin o'z tarixida ilk marta Germaniya Bundesligasida ishtirok etmoqda.

Jamoa 1-turni o'z uyida o'tkazib, RB Leyptsig klubiga yirik hisobda (0:4) imkoniyatni boy berdi.

Ushbu bahs boshlanishdan oldin "An der Alten Forsteray" o'yingohiga yig'ilgan berlinlik muxlislar juda ta’sirli performans uyushtirishdi. Gap shundaki, ular mazkur tarixiy voqeani ko'ra olmagan yaqinlari va do'stlarining rasmlarini tribunaga olib chiqishgan. 

Yana o'ziga xos jihati shundaki, ishqibozlar har bir rasmga alohida chipta olib, ular stadionda bahsni kuzatayotgandek tasavvur uyg'onishi uchun harakat qilishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev