Fergyuson Germaniya klubining bir umrlik a'zosiga aylandi

Оқил Абдубарноев
19 mar 2024, 21:54
"Manchester Yunayted" afsonaviy murabbiyi Aleks Fergyuson Germaniya Bundesligasida ishtirok etadigan "Ayntraxt Frankfurt" klubining bir umrlik a'zoligini qabul qildi.

82 yoshli mutaxassisning Frankfurt klubi rasmiy saytiga aytishicha, u o'smirlik chog'ida nemis klubining 1960 yilgi evrokubok yarim finalida Shotlandiyaning “Reynjers”iga qarshi o'yinini tomosha qilgan.

Shuningdek, u 2022 yilgi Yevropa ligasi finalidan o'rin olgan "Ayntraxt" - "Reynjers" o'yinini ham bevosita kuzatib borgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif