Bundesligadan daraklar. "Verder" – "Gerta" uchrashuviga tomoshabinlar kiritiladi
14 sen 2020 19:33
Yangiliklar


Bundesligadan daraklar. "Verder" – "Gerta" uchrashuviga tomoshabinlar kiritiladi
Bremen shahridagi "Vezershtadion" stadionida bo'lib o'tadigan Germaniya chempionatining 2020/2021 yilgi mavsumi birinchi turida mahalliy "Verder" jamoasi va Berlinning "Gerta" klubi o'zaro to'qnash keladi.
Bremen federal shtati mamurlari mintaqada COVID-19 tarqalishi ko'rsatkichi pastligi va Verderning o'zida sanitariya choralari ko'rilganligi sababli 8500 nafar muxlisga o'yinga tashrif buyurishlariga ruxsat berishdi (stadion sig'imining 20%i). SHu bilan birga, Germaniyada 31 oktyabrga qadar tomoshabinlar bilan sport tadbirlarini o'tkazish bo'yicha milliy taqiq mavjud. Biroq yakuniy qaror hududiy hokimiyatga tegishli.
Eslatib o'tamiz, o'yin 19 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
"Verder" o'tgan mavsumda Bundesligada qolishnining uddasidan chiqqan bo'lsa, "Gerta" 10-o'rinni egallagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar