Bundesligada yangi mavsumda ham beshta o'zgarishga ruxsat beriladi
14 iyu 2021 20:23
Yangiliklar
Bundesligada yangi mavsumda ham beshta o'zgarishga ruxsat beriladi
Germaniya futbol ligasi saytiga birinchi va ikkinchi Bundesliga klublari yig'ilishi asosida qabul qilingan so'nggi qarorlar to'g'risida malumotlar joylashtirildi. Takidlanishicha, beshta almashtirish qoidasi 2021/2022 yilgi mavsumda ham amal qiladi.
SHuningdek, mehmon jamoalarning muxlislari stadionlarga qaytib kelishlari haqida xabar berilgan. Sig'imning cheklanishini hisobga olgan holda mehmon jamoa muxlislari uchun kvota 5 foizni tashkil qiladi. Agar stadion sig'imidagi cheklovlar bekor qilinsa, mehmon jamoa muxlislari uchun odatdagi 10 foizli kvota tiklanadi.
SHu bilan birga, har bir stadion yangi sharoitda tomoshabinlar bilan o'yin o'tkazish tajribasini tiklab olishi uchun mehmon jamoalarining muxlislari chempionatning dastlabki ikki turida ishtirok etishmaydi.
Fikrlar