Bundesligada o'ynagan osiyolik: Mehdi Mahdavikiya
16 may 2020 16:16
Yangiliklar
Bundesligada o'ynagan osiyolik: Mehdi Mahdavikiya
Bugun Germaniya Bundesligasi 26-tur bahslariga start beriladi.
SHu munosabat bilan ushbu chempionatda o'ynab o'zini ko'rsatgan osiyolik futbolchilarni yodga olamiz. Quyida eronlik sobiq himoyachi Mehdi Mahdavakiya haqida qisqacha so'z yuritamiz.
Mahdavikiya 1998-2010 yillar mobaynida Bundesligada faoliyat olib borgan. Bu vaqt oralig'ida u Germaniyaning uchta klubida to'p tepgan: "Boxum", "Gamburg" va "Ayntraxt". 1998 yilgi jahon chempionatida o'zini ko'rsatgan Mahdavikiya Bundesligada jami 253 uchrashuv o'tkazib, 29ta gol urgan.
2003 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Mahdavikiya "Gamburg" safida sakkiz mavsumni o'tkazish bilan birga ushbu klubning XX asr ramziy terma jamoasidan o'rin olgan.
O’xshash yangiliklar
17:58
Eron chempionati. "Traktor" mehmonda mag'lubiyatga uchradi, Hamrobekov 73 daqiqa harakat qildi 0
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar